Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-0 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

"Real Madrid"ning sirli qahramoni. Muvaffaqiyatning asl sababchisi u

"Real Madrid"ning sirli qahramoni. Muvaffaqiyatning asl sababchisi u

Baho:
+ | -

 

Juni Kalafat Madrid klubining sport direktori sanaladi, garchi bunday lavozim bir necha yil avval bekor qilingan bo‘lsa-da.

Hazil emas, bugungi kunda “Real Madrid” tuzilmasida rasmiy sport direktori lavozimi mavjud emas futbol olamidagi kam sonli klublardan biridir.

Bunday funksiyalarni odatda bosh direktor Xose Anxel Sanches bajaradi, Florentino Peresning o‘ng qo‘li, u "Santyago Bernabeu"da moliyaviy komponentga mas’ul bo‘lgan asosiy shaxs hisoblanadi.

“Galaktikos”ni qurish Peresga sport menejeri kerak emas degan fikr bor edi. Xuddi imperator prezidentning strategiyasi yulduzlarni sotib olishga asoslangan edi.

Xuddi shunday Madridning oq tarafiga nafaqat Luish Figu, Ronaldo Nazario, Devid Bekxem va Zinedin Zidan, balki Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl, Kaka, Xames Rodriges va Eden Azarlar ham kelishgan.

Peres siyosatidan farqli o‘laroq, yulduz futbolchilar uchun «og‘ziga siqqancha” pul to‘lash va ularga katta shartnomalar taklif qilish uchun malakali funsioner bo‘lish kerakmasligini eshitganman.

"Real Madrid" har yoz faslini misli ko‘rilmagan saxiylik jozibasiga aylantirgan kunlar o‘tib ketgandek ko‘rnishi mumkin. Buni Peresning ketma-ket to‘rt yil davomida shov-shuvli xaridlardan o‘zini tiygani ko‘rsatib turibdi.

Yo‘q, klubning ish haqi varaqasida sport direktorining xarajatlari yo‘q, lekin haqiqat shundaki, buning uchun maosh talab qilinmaydi, chunki bu masalalar bilan maxsus shaxs shug‘ullanadi.

Kim u

Juni Kalafat Braziliyaning eng ko‘p aholisi bo‘lgan San-Paulu shahrida tug‘ilib o‘sgan, biroq voyaga yetganida Ispaniyaga ko‘chib o‘tgan va u yerda marketing bo‘yicha tahsil olgan. Bo‘sh vaqtlarida mini-futbol o‘ynagan.

Xobbining eng yuqori nuqtasi havaskor “Mostoles”da o‘ynash edi (shahar Iker Kasilyas shu erda tug‘ilganligi bilan mashhur), u yerga o‘z faoliyatini yakunlagan Ronaldo va Roberto Karlos tez-tez tashrif buyurishadi.

Kalafat va Karlos tezda umumiy til topishdi, chunki ikkinchisi o‘zini yangi sohada sinamoqchi edi va Braziliya futbolini ajoyib biladigan do‘sti bilan ertalabgacha muloqot qilishni yaxshi ko‘rardi.

Peres 2014 yilda shartnoma imzolagan Kalafatni aynan Roberto tavsiya qilgan edi. O‘shandan beri "Real" galaktik xaridlardan uzoqlashdi va pulni oqilona sarflashni boshladi hamda kelajakka poydevor qo‘ydi.

Kalafat tomonidan taklif etilgan konsepsiyani ishdagi hamkasbiga shunchalik ishonadigan Peres mamnuniyat bilan qabul qildi, u qarorlarini so‘zsiz tinglaydi: "Juni aytganidek bo‘lsin".

Kalafatning konsepsiyasi - Braziliyadan (va nafaqat) yosh iste’dodlarni taklif qilish, ular tez orada yangi bosqichga ko‘tarilishi va Madriddagi istiqbolli loyihaning bir qismiga aylanishi edi.

Kalafat “Real”ga kimni olib keldi?

Vinisius Junior va Rodrigo Goyes Kalafatning sxemasi bo‘yicha kelishgan desak xato bo‘lmaydi. Eng qizig‘i, ular uchun taxminan 90 million yevro to‘langan, biroq Kalafatning fikricha, ularning narxi tez orada uch barobar ortgan. Aytgancha Militao ham Kalafatning tashabbusi hisoblanadi. U ham “Real”ning kelajagi bo‘lishi mumkin.

"Real Madrid"ning xalqaro skauti boshlig‘i Juni Kalafat kjamoa g‘alabalaridan xursand bo‘ldmoqda, u 15 yoshli Vinisius va Rodrigogaskaut qilgan va Yevropa gigantlari imkoniyatga ega bo‘lmasdanoq shartnoma imzolagan. Shuningdek, u Lunin, Yovich, Militao, Kubo va Valverdeni sotib olishga rahbarlik qilgan.

  Karlos Kazemiro ham Junining sa’yi harakatlari evaziga jamoaga kelgan, garchi o‘sha paytda skaut klubda lavozimda bo‘lmagan bo‘lsa-da, u hozirda ma’lum o‘yinchilarni tanlashda mustahkam vakolat va hal qiluvchi ovozga ega.

"Kastilya" ham o‘z vaqtida Kalafat yutuqlaridan foydalangan. Xullas, “Real Sosedad” yetakchisi Villian Xose Madridning ikkinchi jamoasida faoliyatini boshlagan va jamoaga yaxshigina millionlar keltirgan.

Kalafatning iqtidori shu qadar yaqqol ko‘rinib turibdiki, u yosh futbolchilar bilan boshqa kelishuvlarga ham bevosita aloqador. Juni Martin Edegor va Fede Valverdening iqtidorini birinchilardan bo‘lib payqagan va “Madrid”ga olib kelgan. U vaqtlar bu ikki futbolchini birorta grand jamoa o‘z tarkibida ko‘rishni istamagan.

Umuman olganda, "Real Madrid"da sport direktori lavozimi bo‘lmasa-da, klub transfer bozorida yaxshi ish olib bormoqda. Braziliyada yangi iqtidor o‘zini namoyish qilmasidan “Real”da paydo bo‘lsa va bir necha yilda yulduzga aylansa, bilingki bu Kalafatning ishi.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:01, 17.04.2022.
O'qildi: 5785 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.