Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Neymar "Real"da, Messisiz "Barselona" keraksiz Xavi... Tarixga ta’sir qiluvchi transferlar top-10

Neymar "Real"da, Messisiz "Barselona" keraksiz Xavi... Tarixga ta’sir qiluvchi transferlar top-10

Baho:
+ | -

 

Futbol transferlar bilan ham qiziq. Ayniqsa amalga oshgan transferlar jamoaga yangicha rux va uslubni olib keladi. Ammo, shunday transferlar borki, ular amalga oshmagan. Ushbu transferlar ushalganda, tarix boshqacha bo‘lardi. Albatta bular siz uchun qiziq. Quyida bir-biridan qiziqrli amalga oshmagan transferlar, ularning vujudga kelishi va tarixga qanday ta’sir o‘tkazishi mumkinligi haqida bilib olasiz.

Lionel Messi

Transfer: “Barselona”dan “Espanyol” yoki “Inter”ga

Qachon: 2005-2006

U qayerda qoldi: “Barselona”da qoldi

Bu qanday sodir bo‘lgan. "Tottenxem" soobiq bosh murabbiyi va "Espanyol" afsonasi Maurisio Pochettino Messi faoliyatining boshida Kataloniyaning ikkinchi klubiga o‘tishga yaqin bo‘lganini aytgan edi.

«Barsa Gamper kubogi uchun «Yuventus» bilan o‘ynagan mavsumda u «Espanyol»ga o‘tishga juda yaqin edi. Lekin o‘sha uchrashuvda Messi o‘zini juda ajoyib ko‘rsatgani va Kapelloning o‘zi ham olqishiga sazovor bo‘lgani uchun "Barsa" fikrini o‘zgartirib, uni jamoada saqlab qoldi. Kim biladi deysiz, agar u o‘sha uchrashuvda maydonga tushmaganida, balki hozir u "Espanyol"ning asosiy yulduzi bo‘lardi va men unga murabbiylik qilgan bo‘lardim.

Messi ilk bor debyut qilganida, u "Barselona" akademiyasining oddiy tarbiyalanuvchisi edi. Xavi, Inyesta yoki Ivan de la Penya maydonga birinchi bo‘lib ko‘rinish berganda ham xuddi shunday tuyg‘u bor edi. De la Penya debyut qilganida ham ishtiyoq kuchaygandi», - deya eslaydi Pochettino.

"Barselona"ning sobiq prezidenti Joan Laportaning aytishicha, bir yildan so‘ng super iqtidorli argentinalik futbolchini "Inter" deyarli qo‘lga kiritgandi. O‘shanda Messining tovon puli 150 million yevro edi, Milan klubi esa to‘liq summani to‘lashga tayyor edilar. Laporta Messining otasiga to‘liq ishonganini aytdi, ammo shunga qaramay, o‘sha yozda tovon pulini 250 millionga oshirdi.

Nima bo‘lishi mumkin edi. Afsuski, Kataloniya derbisi ishtiyoq va shiddatlilik jihatidan so‘nggi o‘n yillikdagi Madriddagidek bo‘lmasdi. Pochettinoning fantaziyalari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ko‘rinadi, chunki Messining imkoniyatlari butun dunyoga ayon bo‘lishi bilanoq uni top-klublar sotib olishardi. "Espanyol" Leoni uzoq vaqt ushlab tura olmasdi.

"Inter"ga kelsak, 2000 yillarda A Seriya yosh driblingchining rivojlanishi uchun juda qiyin joy edi. Messi o‘z iste’dodi bilan, albatta, yo‘qolmaydi, lekin shartnoma tuzilmagani Leo uchun baribir yaxshi. Bu uning "Oltin to‘p"ga bo‘lgan yo‘lini va avlodning ikki eng yaxshi futbolchisidan biri maqomini sezilarli darajada qisqartirardi.

Xavi

Transfer: “Barselona”dan “Bavariya”ga

Qachon: 2008 yil

U qayerda qoldi: Barselonada qoldi

Bu qanday sodir bo‘lgan. "Evro-2008 paytida ular menga klub meni sotmoqchi ekanligini aytishdi", - degan Xavi 2015 yilda "Barselona" muxlislarini hayratda qoldirib.

“Hamma markaziy yarim himoyada jismonan kuchli duyet bilan o‘ynashimizni xohlardi. Fransuzlar kabi bo‘lish uchun: Patrik Viyeyra va Klod Makelele. Hech kim bizni kichik jussamiz va texnikamizni ko‘rishni xohlamasdi ", - deya qo‘shimcha qildi afsonaviy yarim himoyachi.

Ispaniya jamoasining Yevro-2008dagi g‘alabasi Xavini qayg‘uli fikrlardan chalg‘itishga yordam berdi va "Barselona"ni boshqargan Pep Gvardiola yarim himoyachini tez orada o‘zi xohlagan futbolni o‘ynashiga ishontirdi.

Xavining so‘zlariga ko‘ra, uning agenti 2008 yilda "Bavariya"ning aniq taklifi haqida gapirgan.

Nima bo‘lishi mumkin edi. Individual miqyosda Xavi unchalik ko‘p yutqazmagan bo‘lardi - "Bavariya" muntazam ravishda Chempionlar ligasi finaliga chiqdi va hatto bir marta g‘alaba qozondi. Ammo Xaviga Myunxenda Gvardiola boshchiligidagi «Barselona»dagidek muhim rol berilgan bo‘lishi dargumon. Bir muncha vaqt o‘tgach, Pep va Xavi Myunxenda birlashishlari haqida yozish jozibador, ammo miniatyura pleymeykerisiz bunchalik muvaffaqiyatli "Barselona" bo‘lmasdi. Shunga ko‘ra, Pepning murabbiylik faoliyati bunchalik kuchli boshlanmagan bo‘lardi.

Neymar

Transfer: “Santos”dan “Real Madrid”ga

Qachon: 2013 yil

U qayerga keldi: “Barselona”

Bu qanday sodir bo‘lgan. 2011 yilda "Real Madrid" Neymar uchun "Santos"ga 45 million yevrolik taklif tayyorlagan va bu taklif rad etilgandi.

2013 yilning yozida ispan gigantlari braziliyalik vunderkind uchun haqiqiy urushni boshladilar, bunda Kataloniya klubi rahbariyati ayyor moliyaviy taktikani tanladi - shu bilan birga vositachi kompaniyaga, klubga va uning otasiga pul berish. Bularning barchasi "Barselona"ning sobiq prezidenti Sandro Rosel uchun erkinlik uslubi edi, ammo transfer amalga oshdi.

Nima bo‘lishi mumkin edi: Neymar "Oltin to‘p"ga yaqinroq bo‘lardi - 2014 yilda u Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan bo‘lardi va JCHdagi muvaffaqiyatli individual o‘yin ko‘rsatgan edi.

Ammo kelajakda Neymar Ronalduning soyasidan chiqib ketishiga ishonish qiyin. Muammo "Barselona"dagidek - chetda o‘ynashda qolar edi. Balki Krishtianu klubni bir yil oldin tark etgan bo‘lardi - ular hamon o‘sha poziciyada o‘ynayotgan raqiblar. Ikki qizg‘in maksimalistga yarasha Neymar bilan janjallashib qolishlari ham ehtimoldan xoli emas edi.

Umuman olganda, hamma g‘alaba qozonganda shunday bo‘ladi - "Barsa" Neymar bilan eng yorqin mavsumni o‘tkazdi va trebl qayd etdi, "Real" esa usiz 4 marta Chempionlar kubogini qo‘lga kiritdi.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:00, 17.04.2022.
O'qildi: 10320 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.