Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Braziliyalik futbolchi «Manchester Yunayted»ga o‘tmoqchi

Braziliyalik futbolchi «Manchester Yunayted»ga o‘tmoqchi

Baho:
+ | -

«Everton» hujumchisi Risharlison «Manchester Yunayted» tomonidan bo‘lgan qiziqish tufayli «irislar» lagerini tark etishga tayyor, deya xabar beradi Football Insider.

Manbaning xabariga ko‘ra, braziliyalik hujumchi o‘z agentiga joriy mavsum yakunida o‘ziga yangi klub topishni topshirgan. Bundan tashqari, futbolchi allaqachon «Everton» rahbariyati bilan muzokaralar olib borgan va unda u o‘z qarorini ma’lum qilgan. Risharlisonga «Manchester Yunayted» jiddiy qiziqish bildirmoqda.

24 yoshli Risharlison joriy mavsumda «Everton» tarkibida 26 o‘yinda 7 ta golva 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 50 million yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2020/2021 yilgi mavsumda Risharlison «Everton» tarkibida 40 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol va 3 ta golga assistentlik qilgan. Avvalroq OAVda unga «Barselona» va «Real» hamda Fransiyaning «PSJ» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Kiritildi: 17:22, 17.04.2022.
O'qildi: 1919 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик