Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Diyor Imomxo‘jayev: 2020 yilda «Andijon»da nima bo‘lgani haqida qisqacha

Diyor Imomxo‘jayev: 2020 yilda «Andijon»da nima bo‘lgani haqida qisqacha

Baho:
+ | -

2020 yil Superligadagi 13-o‘yin arafasida «Andijon» bankrotlik yoqasiga kelib qolgani sabab musobaqadan chiqib ketishini bildirdi va viloyat klubni moliyalashtirishni boshqa tadbirkorga topshirdi.  

Reja bo‘yicha klubning yangi egalari eski qarzlarni qoplab berishi va avvalgilar suvdan quruq chiqib ketishi kerak edi. Biroq normal jamiyatda eskilar o‘tgan davr mobaynida qanday ishlagani, viloyat hokimi va GM tomonidan berilgan pullar, chiptalar savdosidan tushgan daromad va hokazolar nimalarga sarf etilgani audit qilinishi shart. Garchi ular o‘z oldimizdan pul tikib, klubni ushlab turdik degan lofni ilgari sursa-da, aslida viloyat hokimiyati otamiz, GM onamiz deb o‘zlari intervyular berishdi. Klubni moliyalashtirish hazilakam ish emas. Biror katta ishlab chiqarishi yoki qudratli zavodi yo‘q qandaydir tadbirkor klubni bemalol ushlab turishi qiyin masala.   

PFL boshqa taklif bilan chiqdi. Biz klubning yangi egalariga Birinchi ligadagi «Andijon II» klubini moliyalashtirish va mahalliy yoshlar bilan viloyat futbolini ko‘tarish taklifini berdik. Ular ham bunga rozi bo‘ldi. Hech bir qarzsiz, hammasini noldan boshlab, yosh futbolchilar bilan ko‘tarilish eng to‘g‘ri yo‘nalish. 1-2 yil vaqt ketadi, muhimi tizim to‘g‘ri yo‘nalishga o‘tadi.

Ammo viloyat bunga rozi bo‘lmadi. 29 avgust kuni "Sog‘lom avlod" stadionida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi va klubning yangi ta’sischisi tanishtirildi.

Yangi tadbirkor klubning futbolchi va murabbiylar oldidagi barcha qarzlarini to‘lashga rozi bo‘ldi va o‘tgan davr ichida buning uchun 2,150 mlrd so‘m pul sarfladi. Qolgan qarzlar viloyat hokimining kafolat xati asosida viloyat hokimiyati gardaniga tushdi.

Ko‘rinishidan o‘sha vaqtda viloyatga futbol kerak edi. «Andijon»ning birdaniga yo‘q bo‘lib qolishi katta minus edi. Biroq ish bitgach, ko‘ryapmizki, vaziyat boshqa yo‘nalishga o‘tdi.

Vaholanki, yuqoridagi 2 mlrd so‘m va 2020 yil yakuniga qadar eski klub uchun ishlatilgan pulga «Andijon II»  jamoasini mahalliy iqtidorlar bilan bemalol Pro ligaga olib chiqish va to‘g‘ri tizimni keyinchalik yanada rivojlantirish mumkin edi. Hozir esa klub baribir o‘sha-o‘sha Pro ligada turibdi. Biroq holati og‘ir. Tadbirkor esa futboldan xafa. Ayrimlar kishilar esa mana bizning jamoa deb, «Andijon II» bilan faxrlanib turibdi.

Savol: aql kechroq kirdimi yoki istalgan tadbirkor bo‘yniga kattaroq muammoni qo‘yib, keyin chetga chiqish urf bo‘ldimi?

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 15:24, 19.04.2022.
O'qildi: 1865 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик