Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Afsonaviy «g‘avvos»

Afsonaviy «g‘avvos»

Baho:
+ | -

Yaqinda «Vilyarreal» klubi tarixidagi eng yaxshi to‘purar, «sariq suvosti kemasi»ning Yevropa Ligasidagi afsonaviy muvaffaqiyati sababchilaridan biri - Jerar Moreno 30 yillik yubileyini nishonladi. 2021 yilda u bir taqvim yilidagi gollar soni bo‘yicha klub rekordini o‘rnatgandi.

Moreno «Vilyarreal» futbolchisi sifatida Ispaniya termasidagi samarali harakatlar soni bo‘yicha Joan Kapdevila bilan 1-o‘rinni bo‘lishib turibdi. Mazkur holatda Jerar «qizil furiya» tarkibida Joanga nisbatan qariyb 3 marta kamroq (17|48) o‘yin o‘tkazganini ta’kidlash o‘rinli.

Jerar mavsum-2020|2021-da mavsumiy sermahsullik bobida barcha kataloniyalik futbolchilar orasida Primera tarixidagi rekordni o‘rnatdi. O‘sha mavsum yakunlariga ko‘ra, Primeradagi eng sermahsul ispaniyalikka beriladigan Sarra sovrini qatorasiga ikkinchi marta Morenoga nasib qildi. Barcha mavsumlarda «Vilyarreal»dagi ispaniyalik futbolchilarning eng yaxshi 4 mavsumidan 3tasi Jerar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Mavsum-2020|2021dagi barcha turnirlarda Moreno tomonidan urilgan 30ta gol «Vilyarreal» tarixidagi eng yaxshi ikkinchi ko‘rsatkich bo‘ldi. Juzeppe Rossining afsonaviy natijasini yangilash nasib etmadi, lekin baribir, Jerarning erishgan yutuqlari tahsinga sazovor.

Joriy mavsumda Moreno nafaqat «Vilyarreal»ning eng yaxshi to‘purari, balki tengsiz assistenti ham hisoblanadi: u «g‘ovvoslar» hujumidagi asosiy miya, bosh konstruktordir. O‘tgan mavsum Jerar 11ta samarali uzatmani amalga oshirgandi. «Vilyarreal» tarixida hujumchilar orasida faqat Roberto Soldado bir mavsum ichida bundan ko‘proq assist qayd etgandi. To‘g‘ri, Robertoning pleymeykerlik sifati namoyon bo‘lgan payt gollari soni kamaygandi. Jerar esa har ikki rolni ajoyib tarzda uyg‘unlashtirmoqda.

Moreno «Vilyarreal» tarixidagi eng sermahsul beshta duetning uchtasida bevosita ishtirok etgan. Mavsum-2019|2020da u Santi Kasorla bilan tandem hosil qilgan bo‘lsa, mavsum-2014|2015da Lusiano Vyetto, o‘tgan mavsumda esa Pako Alkaser unga sheriklik qilgandi.

Morenoning rivojlanishida Unai Emerining rolini alohida e’tirof etish o‘rinli. Ushbu mutaxassis hujumchilarni kashf etish salohiya­tini yana bir bor ko‘rsatdi. Aynan Emeri qo‘l ostida Edinson Kavani (49 gol), David Vilya (31 gol), Kevin Gameyro (29 gol), Karlos Bakka (28 gol) singari forvard­lar faoliyatlaridagi eng sermahsul mavsumlarni o‘tkazishgandi. Roberto Soldado hamda Alvaro Negredo esa Unai bilan ishlashganida, sermahsullik bobida faoliyatlaridagi eng yaxshi ikkinchi ko‘rsatkichlarni qayd etishgan. Endi ushbu ro‘yxat Emeri boshchiligida nafaqat ajoyib to‘purar, balki yetakchi va yo‘lboshchiga aylangan Jerar hisobiga to‘ldirildi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 16:40, 20.04.2022.
O'qildi: 1349 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.