Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Konor Makgregor oktagonga qaytib, chempionlik jangida ishtirok etishi mumkin

Konor Makgregor oktagonga qaytib, chempionlik jangida ishtirok etishi mumkin

Baho:
+ | -

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor yarim o‘rta vazn toifasida titul jangi o‘tkazishi mumkin. Bu haqida sobiq UFC jangchisi Cheyl Sonnen ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Kamaru Usmonga raqib bo‘lishi belgilangan Leon Edvardsga mazkur jangdan voz kechishi uchun pul taklif etilgan.

«Menga Leon Edvardsga taklif bo‘lganini aytishdi. Ular Leonga Kamaru Usmon bilan jang uchun kelishilgan gonorar va g‘alaba uchun bonus to‘lashga tayyor ekan. Barchasi u chetga chiqishi va Konor bu ishga aralashishi uchun qilinmoqda», — deydi Cheyl.

Edvards rasman -77 kg vazn toifasidagi kamar uchun da’vogar hisoblanadi. Makgregor ayni damda 2021 yil yozida Dastin Poryega qarshi jangda olgan jarohatini tuzatishda davom etmoqda.

Hozirda yarim o‘rta vazn toifasida Kamaru Usmon chempion bo‘lib turibdi. Usmon 2021 yil noyabr oyida Kolbi Kovington bilan jang o‘tkazib, kamarni muvaffaqiyatli himoya qilgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:56, 22.04.2022.
O'qildi: 1880 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.