Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Lukaku mojarosi: «Chelsi» uni sotib olib xato qilganmidi?

Lukaku mojarosi: «Chelsi» uni sotib olib xato qilganmidi?

Baho:
+ | -

Barchaga ayonki, Romelu Lukaku kelayotgan yozda o‘z klubini tark etishga tayyor bo‘ladi. Bunga sabab esa, hujumchi o‘zi uchun sarflangan mablag‘larni oqlay olmaganidir. Belgiya terma jamoasi a’zosi uchun «PSJ» hamda «Inter» qiziqish bildirgan va «Chelsi» uni istalgan narxga sotib yuborishi mumkin. Bu narsa ayrimlarni hayratga solar, harxolda, 97,5 million funtni faqat 12 oy uchun sarflash oson bo‘lmaydi. Ammo bu – «Chelsi». Klub Roman Abramovich davrida katta mablag‘lar evaziga muammolarini hal qilib kelgan. Rahbariyat hatto katta hujumchilarga ham qarab o‘tirmaydi. O‘yini chiqmasa – tamom! U kim bo‘lishidan qat’iy nazar sotib yuboriladi. Xarid va sotuv orasi «Chelsi» uchun uzoq vaqt davomida bir qadam bo‘lib keldi...

Jamoa Abramovich davrida umumiy qiymati 450 million funtga teng bo‘lgan 13 ta hujumchi xarid qilgandi. Ular ichida faqat uchtasi – Didye Drogba, Nikolya Anelka hamda Diyego Kostalar nisbatan yuqori darajada o‘yin ko‘rsatgan. Lukaku esa o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlay olmadi va «Chelsi»da faoliyatining eng yomon davrlaridan birini o‘tkazdi. U hozirga qadar APLda beshta gol urishga erishdi, xolos. O‘zining bir intervyusida esa jamoa murabbiyining uslubini tanqid ostiga oldi. Klub o‘tgan yozda katta nomni sotib olish orqali muvaffaqiyatga erishishga umid qilgandi. Chunki jamoa Lukakuning nimalarga qodir ekanini ko‘rgan. U «Inter» tarkibida gollar urishni yaxshi eplar edi. «Chelsi»da esa yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishga ancha qiynaldi va qiynalmoqda.

Tomas Tuxel yozda muhim qaror qabul qiladi. U ortiq Lukakuni jamoada ko‘rmoqchi emas. Uning o‘rniga markaziy hujumda Kay Xaversdan foydalanishni niyat qilgan. Lukakuning jamoaga kelishi vaziyatni o‘zgartirishni talab etardi. U «Chelsi»ning yuzi bo‘lish mumkin edi. Ammo «katta nom» deya ta’riflangan hujumchi yakunda yo‘qolib qoldi. Chunki Tuxelning o‘z rejalari bor edi. Lukaku esa bu rejalar uchun to‘g‘ri kelmadi. Jamoa uslubi Lukakuga, Lukakuniki esa «Chelsi»ga mos tushmadi. Bu vaziyatda Tuxel o‘zgarishi, YECHLni qo‘lga kiritgan paytidagi uslubiyatidan voz kechishi, yoxud Lukaku sharoitga ko‘nikishi talab etiladi. Har ikki tomon ham o‘z pozisiyasida qat’iy turdi va yakunda biz guvohi bo‘lib turgan holat yuz berdi. Bu masala yechimi kimdandir «qutilish»ni so‘raydi. Ketadigan inson esa katta ehtimol bilan Lukaku bo‘ladi.

«Chelsi» rahbariyatining ham bunday ahvol yuz berishida o‘ziga yarasha ayblari bor. Xususan, ular o‘tmishdagi xatolardan keraklicha xulosalar chiqarmadi. Bunday xatoning so‘nggisi esa Lukaku edi. Klubning yangi egasi, u kim bo‘lishidan qat’iy nazar, avvalgi rahbariyat kabi cheksiz moliyaviy imkoniyatlar taqdim etmaydi. Chunki kelayotgan rahbar insonning ustuvor vazifasi «Stemford Brij»ni rivojlantirishga qaratiladi. Klubga ega chiqadigan insondan aqlliroq bo‘lish talab etiladi. «Chelsi» qariyb 20 yil ichida jami 14 marta murabbiy almashtirdi va Tuxel yangi davrga tamal tosh qo‘yishi – jamoada o‘zining uzoq vaqtlik rejimini o‘rnatishi mumkin.
Biz ham Lukaku «Chelsi»ning so‘nggi xatosi bo‘lishiga umid qilamiz.

 


ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 16:08, 22.04.2022.
O'qildi: 1549 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.