Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Keynning «MYU»ga kelishi uchun sabab topildi

Keynning «MYU»ga kelishi uchun sabab topildi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ga yangi tayinlanuvchi murabbiy Erik Ten Xag tarkibni kuchaytirish uchun o‘z rejalariga bir qator futbolchilarni kiritgan. Quyida ular haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Xarri Keyn («Tottenxem», 28 yosh)

Ronaldu, Sancho va Fernandesh bo‘lgan tarkibda nominal markaziy hujumchini ko‘rmayapmiz. Bu jamoani, uning muxlislari va «Manchester Yunayted» afsonalarini masxara qilmoqda. Keyn Premyer-ligani yaxshi biladi, «shporlar» bilan to‘rtinchi o‘rin uchun kurashga bo‘lgan qiziqish unda yo‘qoldi va «Manchester Yunayted»ga Ten Xagning kelishi Xarrini «qizil iblislar»ning omadli yulduziga aylantirishi mumkin.

Yangi murabbiy «Ayaks»da markaziy hujumchisiz o‘ynadi, ammo Aller bilan bu yanada qiziqarli bo‘ldi. Keyn «Manchester Yunayted» uchun mantiqiy nishon va Gvardiola uni qo‘lga kiritishga harakat qilgani bejiz emas. Futbol olamining eng yaxshi tahlilchilari Xarri hali Premyer-ligada ajoyib futbol ko‘rsatishi mumkinligiga aminlar.

Antonio Ryudiger («Chelsi», 29 yosh)

Nemis himoyachisi Premyer-ligaga moslashdi, uning jamoasi mavsumning kuchli uch himoyachisiga ega. Siz taxmin qilganingizdek, «Manchester Yunayted» mudofaa borasida ancha past – o‘n ikkinchi o‘rinda. Jamoa «Aston Villa» va «Byornli»dan ko‘ra ko‘proq gol o‘tkazib yuborgan. Ryudiger yozda erkin agentga aylanadi va uning vakillari yozgi transferlar oynasida faollikni oshirsalar ajab emas. U «Real Madrid» va «Bavariya» bilan bog‘lanish huquqiga ega edi. Nemisning o‘zi «Chelsi»ning yangi xo‘jayinlarini kutishga qaror qildi, chunki u Londonda qolishga tayyor.

Lekin buning uchun katta mablag‘ talab qilinadi. Yangi xo‘jayinlar bilan klub jiddiy muammolarga duch kelishi mumkin. Ryudiger erkin agent maqomiga ega bo‘ladi va agar Ten Xag uni «Manchester Yunayted» yaxshi tanlov ekanligiga ishontirsa, Varan bilan birga ajoyib tandem ko‘rishimiz mumkin. Bechora Maguayr esa zaxira o‘rindig‘ida qoldirilishi mumkin. Uning uyini portlatish bilan tahdid qilish jinoiy javobgarlik hisoblanadi, bunday «hazillar» qonun doirasida to‘liq jazolanishi kerak.

Deklan Rays (Vest Xem, 23 yosh)

Keyn navqiron futbol yoshidan ancha uzoqlashib bormoqda. U yozda 29ga to‘ladi. Ammo Rays kelajakka sarmoya tikish uchun ajoyib variant. Albatta, Jeymi Karragerning «MYU»ning «bolg‘achilar»ga bo‘lgan qiziqishi haqida hazillari ancha ko‘p. «Vest Xem»da Moyes ancha yaxshi ishlamoqda. Devid jamoasining markaziy yarim himoyachisi hali o‘z sifatlarini to‘liq yuzaga chiqarmadi. Unda jamoa bilan ishlash ko‘nikmalari kamligi sababli terma jamoa yig‘inlariga kamroq chaqiriladi. Hozircha u faqat individual qirralarini ko‘rsatmoqda. Ammo «Manchester Yunayted» uni anchadan beri kuzatib keladi. Yagona muammo shundaki, chexiyalik va «Vest Xem»dagi boshqa aksiyadorlarning ko‘p pul ishlashga bo‘lgan istagidir. Moyes e’lon qilgan summa futbolchining bozor qiymatidan ancha yuqori.

Kristofer Nkunku («Leypsig», 24 yosh)

Futbolchi ajoyib mavsumni o‘tkazmoqda. U 44 o‘yinda 30 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shu narsani inobatga olish kerakki, darhaqiqat, u «Bavariya»da emas, balki yo‘l-yo‘lakay murabbiyni almashtirgan «Leypsig»da o‘ynamoqda. Hozirda unga top-klublar tomonidan avtomatik ravishda e’tibor qaratilgan. Ammo potensial xaridorlarni nimadir xavotirga solmoqda, chunki Kristoferning xizmatlariga nomzodlar ro‘yxatida u tarbiyalangan «PSJ», shuningdek, «Real» yoki «Manchester Siti» emas, balki «Arsenal», «Milan» va «Inter» kabi klublar qiziqish bildirgan.

Bular ham albatta, yaxshi jamoalar, lekin Chempionlar ligasi g‘olibligi uchun asosiy da’vogarlar emas. Nkunku Ragnikning «Leypsig» bilan aloqalari yaxshiligiga ishonch hosil qilishi mumkin, ammo bu holatda «qizil iblislar» Ronaldu bilan xayrlashishlariga to‘g‘ri keladi. Buning esa sodir bo‘lishi dargumon, shuning uchun biz Reshfordning ketishini taxmin qilamiz, ammo Krishtianu Manchesterda bo‘lganida Kristofer bilan shartnoma imzolanishi dargumonligicha qolaveradi.

Darvin Nunyes («Benfika», 22 yosh)

Premyer-ligadagi har bir murabbiy o‘ziga xos Luis Suaresni jamoasiga qo‘shib olishga qarshi emas. Asosiysi, bu urugvaylik yosh Forlanning «Manchester Yunayted»dagi taqdirini takrorlamaydi - Fergyuson davrida moslashish ancha oson bo‘lgan bo‘lsada, Diyego bu yerda o‘ynay olmadi. Endi esa chalkashliklar yanada ko‘proq. Ammo Levi Keynni Premyer-ligadagi raqiblariga qo‘yib yubormasa, Ten Xag o‘zi yaxshilab o‘rgangan hujumchini Manchesterga olib ketishi mumkin.

«Benfika» «Ayaks»ni Chempionlar ligasidan chiqarib yubordi, Nunyes Amsterdamda g‘alaba to‘pini kiritdi. Ko‘pgina urugvayliklar kabi qiziqarli hujumchi va strategiya nuqtayi nazaridan Xarri Keyndan ham qulayroq tanlov bo‘lishi mumkin. Nevill va De Xea «Manchester Yunayted»dagi ichki muhit tafsilotlarini ommaga yaxshi yetkazishdi, natijada futbolchilar o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarini yo‘qotdilar. Psixologiya birinchi o‘rinda, «shporlar»ning uzoq muddatli yetakchisi esa jarohatlari va mag‘lubiyatlari bilan yangi jamoasi safini to‘ldirishi mumkin. Darvin Nunyes ancha yangi nom, u ko‘proq kuchga ega, ammo tajribasi kamroq.

«Manchester Yunayted»ning yozgi transfer oynasida yangi o‘yinchilarning to‘liq ro‘yxatini ko‘rish qiziq, chunki Rangnik bir necha yil ichida 6-10 ta yangi o‘yinchini e’lon qildi. Va bu avtomatik ravishda ajralish haqida suhbatga olib keladi. Transfer byudjeti 200 million funt sterling atrofida bo‘ladi, ammo transfer savdosidan yoki hech bo‘lmaganda har doim ham foydali bo‘lmagan yulduzlarning maoshidan pul ishlash uchun joylar yetarli. Erik ten Xag o‘z shartnomasiga transferlarga veto huquqini qo‘yish haqidagi bandni tasodifan kiritmagan. Yangi kelganlar bilan xatolarga yo‘l qo‘yilsa, barcha urinishlar besamar ketadi. Bu holatda bir-ikki yildan keyin «Manchester Yunayted» tanib bo‘lmas holga kelishi mumkin. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Kiritildi: 23:34, 22.04.2022.
O'qildi: 6276 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.