Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq - Tailand
03/02 15:00 Yaponiya - Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya - Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning og‘ir vazn toifasida (+90,7 kg) harakat qilib kelayotgan Bahodir Jalolov (10-0, 10 KO) Nyu-Yorkdagi jang kechasida ringga chiqadi.

Showtime tomonidan o‘tkaziladigan 10 iyun kungi oqshomda o‘zbekistonlik bokschiga belgiyalik Jek Mulovayi (11-2-1, 7 KO) raqiblik qiladi. 8 raundga mo‘ljallangan jang boks oqshomining markaziy jangi bo‘lishi kutilmoqda.

Jangga chiptalar 22 apreldan boshlab sotuvga chiqqan. Chiptalar narxi 39 dollardan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Jalolov so‘nggi marta 18 mart kuni Dubayda Kamil Sokolovskiga qarshi ringga chiqib, uni 5-raundda texnik nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgandi. Ungacha esa dekabr oyida kolumbiyalik Xulio Sezar Kalimenoni birinchi raunddayoq nokaut bilan g‘alaba qozongandi. Shuningdek, 2021 yilning aprel oyida latviyalik Kristaps Zuitsni nokaut evaziga taslim etgan.

Jek Mulovayi so‘nggi jangini 16 aprel kuni gruziyalik Giorgi Tamazashviliga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:43, 22.04.2022.
O'qildi: 4487 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.