Quyida e’tiboringizga avval qo‘zg‘alib, keyinchalik muxlislarning e’tiboridan chetda qolgan «yuzi qora» futbolchilar — Grinvud, Mendi va Sigurdsson hayotining tafsilotlari haqida so‘z yuritamiz.
Meyson Grinvud («MYU»), Benjamin Mendi («Man Siti») va Gilfi Sigurdsson («Everton») anchadan beri APLda ishtirok etmayapti. Ammo sabab jarohatlar yoki murabbiylarning ishonchsizligi tufayli emas. Ular jinoiy ishlarga qo‘shilgan va tergov ostida bo‘lib turishibdi.
Biz Premyer-liganing sobiq yetakchilarining qayg‘uli hikoyalarini yana bir bor eslaymiz.
Nike Grinvud bilan hamkorlikni bekor qildi, ammo «Manchester Yunayted» unga maosh to‘lashda davom etmoqda (haftasiga 75 ming funt). Grinvudning qonun bilan bog‘liq muammolari yanvar oyining oxirida boshlangan. Keyin uning qiz do‘sti Xerriyet Robson Instagramda lablari va tanasining ayrim joylari jarohatlangan dahshatli fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. Robson shunday deb yozgan edi: «Meyson Grinvud menga juda jirkanch shaxsni eslatadi». Yana bir qiz Grinvudning ovozi eshitiladigan audioyozuvni ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan - u yerda futbolchi juda qo‘pol ravishda etikaga to‘g‘ri kelmaydigan so‘zlarni aytgani aks etgan edi.
«Manchester Yunayted» bu borada avval dalillarni kutdi va birozdan keyin ular Grinvudni noma’lum muddatga diskvalifikasiya qilganliklarini bildirishdi. Bir necha kundan so‘ng futbolchi zo‘rlash va o‘lim bilan tahdid qilishda gumonlanib hibsga olingan. Bungacha ish boshqacha tarzda amalga oshgan: u faqat tan jarohati yetkazish sifatida ko‘rib chiqilgan. 2 fevral kuni Meyson tergov davomida polisiyadan garov evaziga ozod qilindi. Shundan so‘ng Grinvudda boshqa muammolar yuzaga keldi - Nike Meysonni tark etdi va FIFA 22, Konami eFootball i Football Manager 2022 futbol simulyatorlari uni o‘z o‘yinlaridan olib tashlashdi. «MYU» muxlislari Grinvud nomi yozilgan blankni istalgan joyga uloqtirib tashlashdi. Futbolchining nomi tushirilgan barcha mahsulotlar «Manchester Yunayted» onlayn-do‘konidan olib tashlandi.
Biroq qiziq tomoni, Daily Mailning ma’lum qilishicha, Grinvud «Yunayted»dan haftasiga 75 000 funt maosh olishda davom etmoqda. Aprel oyi boshida «Manchester Yunayted»ning ayrim muxlislari Meyson hamon klub veb-saytida kengaytirilgan tarkib futbolchisi sifatida qayd etilganini payqashdi. Muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda «Yunayted» hujumchini ortga qaytarishga intilayotganini taxmin qilishdi, biroq rahbariyat buni rad etdi.
Bunga klub rasmiylari quyidagicha izoh beradi: Meysonning maqomida hech qanday o‘zgarish bo‘lmadi. Yanvar oyida u a’zolikdan olib tashlanganidan ko‘p o‘tmay, uning profilini klub ilovasidan ham olib tashlaganmiz. Bu Meysonni ilovaning interaktiv elementlaridan chiqarib tashlash uchun qilingan. Ammo uning profili hech qachon veb-saytdan o‘chirilmagan, chunki u «Manchester Yunayted» futbolchisi bo‘lib qolmoqda, garchi u sud jarayoni davom etayotgan paytda jamoaning bir qismi bo‘lmasa ham», - deyiladi bayonotda.
Bir necha hafta o‘tgach, Grinvud «Manchester Yunayted» mashg‘ulotlariga qaytganligi haqida mish-mishlar tarqaldi, biroq jurnalistlar Kris Uiler (Daily Mail) va Saymon Stoun (BBC) ularni yolg‘on deb izohladi: «Meyson Grinvud «Yunayted» mashg‘ulotlariga qaytmadi va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mish-mishlarga qaramay, uning ahvoli o‘zgarmagan», - deb yozdi Uiler tvitterdagi rasmiy sahifasida. Grinvudning qamoq muddati 30 aprelda tugaydi, biroq u uzaytirilishi ham mumkin. U qilgan zo‘ravonlik Buyuk Britaniyada jinoiy huquqbuzarlik hisoblanib, 5 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin, jinsiy huquqbuzarliklar uchun esa - 4 dan 7 yilgacha. Bularning barchasi kaltaklash darajasiga bog‘liq, prokuratura unga nisbatan jiddiyroq moddani qo‘llashi mumkin. Agar Grinvud aybdor deb topilsa, aniq natija «MYU» tomonidan sanksiyalargacha yetib borib, uning klub bilan shartnomasi bekor qilinishiga olib keladi.
Mendi 134 kunni hibsda o‘tkazdi va hozir u do‘stlari bilan sayr qilmoqda
Benjamin Mendining vaziyati esa ancha jiddiyroq. 2021/22 yilgi mavsum boshida fransuz to‘rtta jinsiy zo‘ravonlik epizodida ayblangan edi. Vaqt o‘tishi bilan ish to‘qqizta jinoyatga aylandi. Mendi bularning barchasi bilan 2020 yilning oktyabridan 2021 yilning avgustigacha bo‘lgan muddatda aralashib qolgan. 2021 yil avgust oyida Mendi hibsga olindi - u Liverpuldagi HMP Altcourse qamoqxonasida bo‘lib, unda B toifasidagi mahbuslar saqlanadi (Buyuk Britaniyadagi eng ko‘p mahbuslar). 23 dekabr kuni esa futbolchi A toifasidagi mahbus (o‘ta og‘ir jinoyatlar, jumladan zo‘rlash uchun tayinlangan) sifatida hibsga olindi va Manchesterdagi qamoqxonaga olib ketilgan.
2022 yil yanvar oyida Mendi garov evaziga ozod qilindi - u 134 kunni hibsda o‘tkazdi. Ammo fransuz uchun cheklovlar tugamadi: Mendi oyog‘iga elektron bilaguzuk taqib, har kuni polisiyaga xabar berishga majbur bo‘ldi. Mendi bilan birga 40 yoshli Lui Saa Matturi bu ishda ishtirok etmoqda - u xuddi shu jinoyatlarda ayblanadi. Hozir ikkalasi 25 iyulga belgilangan sud jarayonini kutmoqda. Bunga parallel ravishda, sudgacha bo‘lgan kichik majlislar bo‘lib o‘tdi, ularning oxirgisida Mendi ozod qilindi. Keyingisi esa 23 mayga belgilangan.
Sigurdsson ustidan sud jarayoni uch marta qoldirildi. Ushbu janjallardan oldin Gilfi Islandiya futboli afsonasi edi.
U ko‘p mavsumlarni Premyer-ligada yuqori saviyada o‘tkazdi. 2021 yilning yozida Sigurdsson voyaga yetmaganlarga jinsiy zo‘ravonlik qilishda gumonlanib hibsga olingan edi. «Everton» futbolchini darhol diskvalifikasiya qildi. Islandiyalikning ismi aytilmaganiga qaramay, ko‘pchilik kim haqida gapirilayotganini tezda taxmin qilishdi. Sigurdsson garov evaziga ozod qilindi, endi islandiyalik xavfsiz uyda sud qarorini kutmoqda.
Britaniya OAVning yozishicha, yarim himoyachi ko‘plab tintuvlardan o‘tgan, u bir necha bor so‘roq qilingan. «Polisiya tomonidan bir nechta ashyolar aniqlangan. U o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha so‘roqqa tutilgan», — deb yozadi The Sun. Daily Mail nashrining yozishicha, islandiyalik ustidan sud jarayoni allaqachon uch marta qoldirilgan, yangi sana esa 16 iyul. Sigurdsson allaqachon 32 yoshda ekanligini inobatga olsak, uning futbolchilik faoliyati yakunlangan bo‘lsa ajab emas.