Amsterdamning “Ayaks” klubi markaziy himoyachisi Yurryen Timber kelasi yozda “Manchester Yunayted”ga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
"O‘zimni "Ayaks"da yaxshi his qilyapman. Men hali ham ko‘p narsalarni o‘rganishim mumkin, ayniqsa Chempionlar ligasida o‘ynashda davom etsak", - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Manchester Evening News.
Avvalroq, "Manchester Yunayted" vaqtinchalik bosh murabbiyi Ralf Rangnik matbuot anjumanlaridan birida yozda jamoaga 7 dan 10 tagacha yangi futbolchi kelishi mumkinligini aytgandi.