Jorjio Kyellini kelajagi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Mening "Yuventus"ga bo‘lgan muhabbat tarixim tugamagan va hech qachon tugamaydi. Mening sevgim juda kuchli va klubning ham sevgisi borligiga ishonaman. Mavsum oxirida men ikki oila bilan faoliyatim borasida tushadigan takliflarni baholayman: biri uyda, ikkinchisi klubda.
Albatta, oilam bilan gaplashaman, lekin asosiysi to‘rtinchi o‘rin va Italiya kubogi. Shundan keyingina qolganlari haqida o‘ylab ko‘raman”, - dedi «Yuventus» himoyachisi.