Yarim himoyachi Serxi Roberto va hujumchi Ansu Fati safga qaytish arafasida turibdi, deya xabar berdi Radio Catalunya.
Manbaga ko‘ra, ikkala futbolchi ham jamoaning so‘nggi mashg‘ulotlarida muammosiz qatnashgan. Yaqin vaqtlar ichida klub shifokorlari ularga maydonga tushishlari uchun ruxsatnoma berishlari kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, "Barselona" o‘zining navbatdagi o‘yinini 1 dan 2 mayga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 00:00 da "Malyorka"ga qarshi o‘tkazadi.