Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Vulverhempton - Liverpul
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Timur Kapadze: «Bugun g‘alaba haqli edik, ammo vaziyatlardan foydalana olmadik»

Timur Kapadze: «Bugun g‘alaba haqli edik, ammo vaziyatlardan foydalana olmadik»

Baho:
+ | -

Superliga 5-turidan o‘rin olgan "Olimpik" – "Qizilqum" (0:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze fikrlarini bildirdi.

— O‘yin haqida.
— Qiziqarli uchrashuv guvohiga aylandik. Ikki jamoa ham chiroyli o‘yin ko‘rsatdi. Yigitlarimiz astoydil harakat qilishdi. Ko‘p vaziyatlarga ega bo‘ldik. Afsuski, ulardan unumli foydalana olmadik. Oxirgi daqiqalarda penaltidan ham foydalana olmadik va mag‘lubiyatga uchradik. Umuman olganda, g‘alabaga haqli edik.

Ignatiy Nesterov bugun yuqori sport formada ekanligini namoyish qildi. U har doim yaxshi turgan. "Qizilqum" tajribali futbolchilardan iborat tarkibga ega. Futbolchilarimiz yaxshi harakat qildi. Bunday o‘yinlar bizni kuchliroq qiladi.

— Alisher Odilov nisbatan orqaroqda o‘ynamoqda, o‘tgan mavsumda bunday emasdi...
— Yo‘q, orqaroqda emas. U ikkinchi hujumchi bo‘lib o‘ynadi. Bu yerda taktik jihatdan kimdir orqaroqqa o‘tib turishi lozim edi, bu o‘yindan kelib chiqib yuzaga keladi.

— Yil boshidan buyon markaziy himoya chizig‘ida aniq tandem o‘ynamayapti. Bu nima bilan bog‘liq?
— 3 futbolchimiz jarohatlangan, hatto 4 kishi. Muammo bor edi. Ko‘rganingizdek, qolgan bolalar ham yaxshi harakat qilishdi.

— Jamoada penaltini kim tepishi bo‘yicha aniq bir qaror qabul qilinganmi?
— O‘sha yerda bir qarorga kelindi. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov o‘ziga ishonib, to‘p oldiga yaqinlashdi. Balki gol urganda, bu o‘zi uchun qandaydir motivasiya bo‘lardi. Boshqa yigitlarimiz ham tepishni xohlashdi. Bu – futbol. Urganda, xursand bo‘lardik. Demak, keyingi safar boshqa o‘yinchi ijro etadi.

Manba: https://t.me/PFC_Qizilqum
Kiritildi: 00:52, 27.04.2022.
O'qildi: 1458 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.