Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Chempionlar ligasi. 7ta gol urilgan super bahsda «Manchester Siti» «Real»ni mag‘lub etdi

Chempionlar ligasi. 7ta gol urilgan super bahsda «Manchester Siti» «Real»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining yarim final bosqichidan o‘rin olgan dastlabki uchrashuv muxlislar ulkan shouni taqdim etdi. "Manchester Siti" o‘z maydonida "Real"ni qabul qilgan bahsda tomoshabinlar 7ta golga guvoh bo‘lishdi.

"Shaharliklar" o‘yinni o‘ta faol boshlashdi. 2-daqiqadayoq Kevin de Bryuyne hisobni ochgan bo‘lsa, 11-daqiqada Jezus farqni ikkitaga oshirdi. Madridliklar 21-daqiqaga kelib o‘yinga qaytishdi. Mendining uzatmasini Benzema darvozaga burib yubordi — 2:1.

Ikkinchi bo‘lim boshida Fil Foden hisobdagi farqni yana 2taga oshirgan bo‘lsa, oradan 2 daqiqa o‘tib Vinisius maydon markazidan turib raqib darvozaboni bilan yakkama-yakka chiqib ketdi va hisobni 3:2 ko‘rinishga keltirdi.

O‘yin tugashiga 16 daqiqa qolganida Bernardu Silva kutilmagan zarba bilan "Siti"ning to‘rtinchi goliga mualliflik qildi. 82-daqiqada esa hakam manchesterliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. Benzema "panenka" orqali "Real"ning uchinchi golini urdi.

Bundan tashqari, «Manchester Siti» yarim himoyachisi Riyod Mahrez 3ta yuz foizli imkoniyatdan foydalana olmaganini ta’kidlash lozim (bir vaziyatda to‘p ustunga tegib qaytdi, Fodenning bo‘sh darvozaga yo‘llagan zarbasini Karvaxal chiziq ustida qaytardi).

Javob uchrashuvi bir haftadan so‘ng "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tadi.

Yevropa chempionlar ligasi, yarim final, dastlabki o‘yin
Manchester Siti Angliya – Real Madrid Ispaniya 4:3 (2:1)
Gollar: 1:0 – 2 de Bryuyne, 2:0 – 11 Gabriel Jezus, 2:1 – 33 Benzema, 3:1 – 53 Foden, 3:2 – 55 Vinisius Junior, 4:2 – 74 Bernardu Silva, 4:3 – 82, penalti Benzema.
Manchester Siti – Ederson, Stounz (Fernandinyo, 36), Laport, Ruben Diash, Zinchenko, de Bryuyne, Bernardu Silva, Rodri, Foden, Marez, Gabriel Jezus (Sterling, 83).
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Alaba (Nacho, 46), Militao, Mendi, Modrich (Sebalyos, 79), Kroos, Valverde, Benzema, Vinisius Junior (Asensio, 88), Rodrigo (Kamavinga, 70).
Ogohlantirishlar: Fernandinyo (81), Nacho (90+3).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:06, 27.04.2022.
O'qildi: 6744 marta.
Fikrlar: 259 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик