Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 15:00 Adelaida Yun. 3-0 Tay Po
17/09 15:00 Lion Siti Seylors 1-1 Pathum Yunayted
17/09 15:00 Matida Zelviya 2-0 Svay Rieng
17/09 17:15 Shanghai Shenhua 2-1 Tampines Rovers
17/09 17:15 Kitchi 0-0 Kangvon
17/09 17:15 Pnompen Kraun 2-1 Kuching Siti
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa - Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol - Elche
19/09 00:00 Brentford - Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem - Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna - Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona

OFK koeffisiyentlar jadvalida o‘rnimiz qanday?

OFK koeffisiyentlar jadvalida o‘rnimiz qanday?

Baho:
+ | -

Osiyo chempionlar ligasi G‘arb mintaqasida guruh bosqichi o‘yinlari yakuniga yetdi. Alisher Nikimbayev yangilangan OFK koeffisiyentlar jadvalini taqdim etdi.

Guruh bosqichidan so‘ng O‘zbekiston klublari 9,6 ball to‘plashdi. Joriy mavsumda bu ko‘rsatkich G‘arb mintaqasi mamlakatlari orasida to‘rtinchi natija hisoblanadi. Ammo 2021 yildagi yuqori natijamiz tufayli O‘zbekiston G‘arb jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. Jami — 37.280 ball. Saudiya Arabistoni bizdan ancha ilgarilab ketgan bo‘lsa (61.250), keyingi pog‘onalardagi Eronni 0.555 ballga, Qatarni esa 2.580 ballga ortda qoldiryapmiz. "So‘g‘diyona" klubi OFK kubogidagi ishtirokini boshlagach, bu jamoalar o‘rtasidagi farqni oshiramiz. Boisi, Eron va Qatar vakillari OFK kubogida ishtirok etishmaydi.

Guruh bosqichida ishtirok etgan Eronning 2 klubidan bittasi pley-offga chiqdi va "Fulad" nimchorak finalda Saudiya Arabistonining "Al-Faysaliy" klubi bilan to‘qnash keladi. Qatar esa guruh bosqichida 4 jamoa ishtirok etdi. Pley-offga chiqqan ikki klub ("Duhayl" va "Ar-Rayyan") pley-off bosqichida o‘zaro to‘qnash keladigan bo‘lishdi. Shu bois, Qatar fevral oyida o‘z hisobiga ma’lum ochkolarni qo‘shib qo‘ya oladi.

Shuning uchun mavsum so‘ngida O‘zbekiston 2-pog‘onada qolishi uchun "So‘g‘diyona" va "Nasaf" yaxshi natijalar kutib qolamiz. Osiyo chempionlar ligasining hozirgi formatida bu pog‘ona O‘zbekistonga 2024 yilgi mavsumda "3+1" ko‘rinishida kvota beradi. Ammo, manbaga ko‘ra, aynan 2024 yildan boshlab Osiyo chempionlar ligasi formati o‘zgarishi kutilmoqda. Yangi formatda kvotalarning taqsimoti qanday bo‘lishi haqida hozircha bir gap aytish qiyin.



Ma’lumot o‘rnida. O‘zbekiston Osiyo chempionlar ligasining 2023 va 2024 yilgi mavsumlar uchun "2+2" ko‘rinishida kvotalarni qo‘lga kiritgandi. Ammo OFK kutilmaganda musobaqani "kuz-bahor" tizimiga o‘tkazishga qaror qildi. Natijada O‘zbekiston "2+2" kvotasidan faqat bir mavsum foydalanishi mumkin. Qolganini esa vaqt ko‘rsatadi.

Darvoqe, jadvalda ko‘zingiz tushgan bo‘lsa, 2020 yilgi natijalar bekor qilingan. Boisi, koronavirus pandemiyasi tufayli o‘sha mavsumda OFK kubogi o‘tkazilmagandi. Shuning uchun OFK 2020 yilgi koeffisiyentlari hisobga olmaslikka qaror qilgan, afsuski. O‘sha yili O‘zbekiston juda yuqori ball to‘plagandi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 11:04, 28.04.2022.
O'qildi: 11982 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик