Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

"Arsenal" Reshford uchun 50 million sarflashga tayyor

"Arsenal" Reshford uchun 50 million sarflashga tayyor

Baho:
+ | -

«Arsenal» «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford uchun 50 million yevro sarflashga tayyor.

Football Insider xabariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Artetaning transfer maqsadlari ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi.

Qayd etilishicha, klub futbolchini sotib olish uchun o‘z byudjetidan 50 million yevroga yaqin mablag‘ ajratgan.

Oldinroq, kelasi mavsumda "qizil iblislar"ni niderlandiyalik mutaxassis Erik ten Xag boshqarib borishi va hujumchi yangi bosh murabbiyning rejalariga kiritilmasligi ehtimoli yuqoriligi xabar qilingandi.

Reshford bu mavsumda "Manchester Yunayted" tarkibida asosiy tarkibdan muqim joy egallay olmadi.

U APLda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 23:47, 29.04.2022.
O'qildi: 1733 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик