Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Anvar Berdiyev: "Futbolchilarimiz xato qilishdan qo‘rqib o‘ynashdi"

Anvar Berdiyev: "Futbolchilarimiz xato qilishdan qo‘rqib o‘ynashdi"

Baho:
+ | -

“Turon” – “Andijon” (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumaninig ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Anvar Berdiyev ishtirok etdi.

- Derbiga xos o‘yin bo‘ldi. “Andijon” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Mashg‘ulotlarda ancha ishlagandik. “Andijon” maydonda 11 kishi bo‘lib o‘ynab turganida futbolchilarimiz o‘yindagi har bir epizodda oxirigacha kurashishayotgandi. Raqib 10 kishi bo‘lib qolganidan keyin futbolchilarimiz xotirjamlikka berilib ikkinchi golni o‘tkazib yubordik. Undan oldin Humoyun Murtazoyevda qulay imkoniyat bo‘lgandi. Birga-bir vaziyatdan foydalana olmadi. Futbolda shunaqa: sen urmasang, senga uradi.

- “Andijon” futbolchisining maydondan chetlatilishi “Turon”ning foydasiga xizmat qilishi kutilgandi. Yoki bu holat jamoangizga salbiy ta’sir ko‘rsatdimi?

- Qizil kartochka “Turon” jamoasining zarariga ishlamadi. Qaytanga ko‘proq hujum uyushtirishimiz uchun vaziyatlar yuzaga kela boshladi. “Andijon”ning standart vaziyatlardan unumli foydalanishini bilardik. Qandaydir o‘yinchilarimiz xotirjamlikka berilib qolishdi.

- Ushbu o‘yindagi mag‘lubiyatni murabbiylik faoliyatingizdagi eng og‘iri deb qabul qilasizmi?

- Murabbiy sifatida har bir mag‘lubiyat og‘ir qabul qilinadi. Yutganda jamoa yutadi, yutqazganda murabbiy yutqazadi. Shu bois har bir mag‘lubiyat murabbiy uchun juda alamli.

- Raqib safida bo‘ydor o‘yinchilari bo‘lsa-da, havodan to‘p uzatilaverdi. Pas orqali hujum tashkil qilsa bo‘lmasmidi?

- Buning ustida mashg‘ulotlarda ishlagandik. Lekin o‘yinchilarimizni hayajon bosdimi, o‘yin davomida ko‘rsatmalarimizni bajarishda oqsadilar. Mashg‘ulotlarda standart vaziyatlar, pas orqali hujumlarni tashkil qilish ustida ishlagandik. Futbolchilarimiz xato qilishdan qo‘rqib o‘ynadilar. Mashg‘ulotlarda qo‘llagan usullarimizni o‘yinda ko‘rsata olishmadi. Uchrashuvni ko‘rib, buni muhokama qilamiz. Bu o‘yinni yana qayta ko‘rmasak bo‘lmaydi." - dedi Berdiyev.

Manba: "Андижон" матбуот хизмати
Kiritildi: 00:52, 30.04.2022.
O'qildi: 1002 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.