Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Daniil Xudyakov: «O‘zimni aslo yulduz hisoblamayman»

Daniil Xudyakov: «O‘zimni aslo yulduz hisoblamayman»

Baho:
+ | -

Noyabr oyi oxirida Gilyerme jiddiy jarohat oldi va Moskva «Lokomotiv»i darvozasidan 17 yoshli Daniil Xudyakov joy oldi.

Ayni payt barqaror to‘p surayotgan, Yevropa musobaqalarida qatnashgan eng yosh rossiyalik darvozabon maqomiga erishgan vunderkind «Sport24» vakillariga intervyu berdi.

- Kuzdan beri siz haqingizda ko‘p gapirishmoqda. O‘zingizni yulduzdek his qilyapsizmi?

- Aslo. Bunday holatga tushib qolmasligimni jamoadagilar ham, yaqinlarim ham muntazam eslatib turishadi. O‘zimni zo‘r deb bilmaslikka harakat qilaman.

- «Ximki»ga qarshi bahsda Gilyerme qizil kartochka olgach, nima haqida o‘yladingiz?

- Muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqdim. Bu vaziyatda asosiysi, ahmoqona xatolarga yo‘l qo‘ymaslik edi. Ammo shuni ham tushundimki, darvozabonlar uchun bunday imkoniyat ko‘pincha faoliyatlaridagi muhim palla bo‘lib qoladi. Nikolich meni maydonga qo‘yib yuborgach, xotirjamroq bo‘lishimni so‘radi va buni uddalay olishimni aytdi. Keyinchalik «Rostov» va «Rubin» bilan o‘yinlar unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmadi, lekin tushkunlikka tushmadim, xulosa chiqardim va davom etdim. Rostini aytsam, Gilyerme diskvalifikasiyasidan so‘ng qaytganida, «asosiy»dagi vaqtim shu yerda tugadi, deb o‘yladim.

- Ammo keyin Gilyerme jarohat oldi.

- Bu pozisiyamni yanada mus­tahkamlash uchun yana bir imkoniyat ekanligini tushundim.

- O‘shanda «Lasio» bilan o‘yin kutib turardi...

- Dastlabki kunlarda hech narsani sezmadim, odatdagidek mashg‘ulot rejimida edim. Lekin o‘yindan bir kun oldin mehmonxonada hayajonlandim, baribir, har holda, «Lasio» - top klub. Shuningdek, turnir - Yevropa Ligasi. Bunday vaziyatda har kim hayajonlanadi. Butun dunyo sizga qaraydi. Nom yaratish uchun ajoyib imkoniyat.

- O‘shanda 0:3 hisobidagi mag‘lubiyat zarba bo‘ldimi?

- Yo‘q, xotirjamlik bilan chidadim. Har qanday mag‘lubiyatdan so‘ng sovuqqonlik bilan xatolarni saralab, xulosa chiqarishga harakat qilaman. Jarayonga hissiyotlarsiz, pragmatik yondashaman.

- Katta futboldagi eng og‘riqli mag‘lubiyatingiz qaysi o‘yinda ro‘y bergan?

- Mart oyidagi SSKAga qarshi bahsda. O‘yin borasida yutqazmadik. Tez orada hisobni tenglashtirdik, ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ldik, ayniqsa, ikkinchi bo‘lim boshida. Lekin yakunda charchadik, konsentrasiyani yo‘qotdik va standartdan gol o‘tkazib yubordik.

- Gisdol va Nikolich sizni Noyer bilan, Gilyerme Akinfeev bilan solishtirgan. Ko‘proq kimga o‘xshaysiz?

- Murabbiylarning fikriga qo‘shilaman. Noyerga o‘xshash jihatlarim bor. Jamoa ham bu mavzuni ko‘tardi, ular tez-tez taqqoslashadi.

- Yevropaning qaysi jamoa­sida to‘p surishni hohlardingiz?

- Xo‘sh, agar toplarni hisobga olmasak, «Leypsig»ni tanlayman. Kuchli, yosh jamoa. «Lokomotiv»ga o‘xshaydi.

- Futboldagi orzuingiz nima?

- Jahon chempionligini qo‘lga kiritish.

- «Lokomotiv»ning yutub-kanaliga bergan intervyuda Messi va Ronaldu kumiringiz ekanligini aytdingiz. Bu darvozabon uchun g‘alati tanlov emasmi?

- Menimcha, bu futbolchilar ko‘pchilikning kumiri. Shunchaki, hamma ham bu haqda gapiravermaydi.

— Xo‘p, mayli, darvozabonlar orasida kumiringiz kim?

- Buffon edi. Hozir «Chelsi» posboni Mendi yoqadi. U qandaydir g‘ayritabiiy qobiliyatga ega.

- Dunyoning hozirgi eng yaxshi uch darvozaboni kimlar?

- Kurtua, Noyer, keyin Mendi.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: iff.uz
Kiritildi: 09:02, 30.04.2022.
O'qildi: 1286 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.