Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Superliga. «So‘g‘diyona» - «Metallurg». Prevyu

Superliga. «So‘g‘diyona» - «Metallurg». Prevyu

Baho:
+ | -

“So‘g‘diyona” va “Metallurg” jamoalari bugungacha kuchlilar safida o‘zaro 40 ta o‘yin o‘tkazgan. O‘zaro o‘yinlarda kichik ustunlik jizzaxliklar tomonida. Ular bunga o‘tgan yilgi har ikkala o‘yinda g‘alaba qozonishgach erishishdi: 17 ta uchrashuvda jizzaxliklar, 15 tasida bekobodliklar zafar quchgan. 7 ta uchrashuvda esa  durang natija qayd etilgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 55:51, “So‘g‘diyona” foydasiga.

Mazkur jamoalar o‘rtasida qayd etilgan eng yirik hisob – 4:0. “So‘g‘diyona” 2001 yildi o‘z maydonida ham, safarda ham bir martadan shunday hisobda zafar quchgan. Eng gollarga boy o‘yin 2014 yili Zominda bo‘lgan uchrashuvda kuzatilgan. Unda darvozalarga to‘qqizta to‘p kiritilgan – 5:4.

Jizzaxda o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv natijasi yuqoridagi suratda aks etgan.



“So‘g‘diyona” haqida

“So‘g‘diyona” futbol klubiga 1970 yilda asos solingan. Dastlabki yillarda DSK (Ko‘ngilli sport klubi) nomi bilan yuritilgan. 1973-75 yillarda – “Mehnat”, 1975 yilda – “Jizzax”, 1976-77 yillarda – “Irrigator”, 1978-81 yillarda – “Bo‘ston”, 1982-85 yillarda – “Zvezda”, 1986-89 yillarda – “Yoshlik” nomlari ostida musobaqalarda qatnashib kelgan. 1990 yildan “So‘g‘diyona” nomini olgan jamoa milliy chempionatlarimizda turli darajada ishtirok etib kelayapti. Birinchi mavsumda vise-chempionlikka erishgan jizaxliklar keyinchalik ikki marta to‘rtinchi o‘rindan joy olishdi. To‘rt marta jamoa kuchlilar safini tark etib, har safar bir yillik tanaffusdan keyin oliy ligaga qaytgan. Jamoaning bitta mavsumda eng ko‘p gol kiritgan o‘yinchisi Aleksey Jdanov, 1998 yilgi chempionatda raqiblari darvozasini 18 marta ishg‘ol etgan.

“So‘g‘diyona” kuchlilar safida bugungacha 775 ta uchrashuv o‘tkazgan: 268 ta g‘alaba, 147 ta durang, 360 ta mag‘lubiyat. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar nisbati: 976:1235. Jamoaning milliy chempionatlarimizdagi eng yirik g‘alabasi – 10:0 (1992 yil, “Surxon”). Eng yirik mag‘lubiyati esa – 1:8 (2000 yil, “Do‘stlik”), 0:7 (1996 yil –  “Navbahor”, 2009 yil – “Neftchi”, 2015 yil – “Lokomotiv”).

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 09:20, 30.04.2022.
O'qildi: 1252 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.