Garet Beylning agenti Ispaniya poytaxtida futbolchi atrofidagi vaziyatga izoh berdi.
"U Madridga doim juda xursand bo‘lgan, u yoshligida kelgan, bolalari shaharda tug‘ilgan, u koronavirus bilan kurashish uchun Ispaniya kasalxonalariga ko‘p pul ajratgan, u shaharni va uning atrofini yaxshi ko‘radi. U haqida yomon gapiradiganlar parazitlardir”, - dedi futbolchi agenti.
Beylning «Real» bilan shartnomasi shu yozda tugaydi va futbolchi allaqachon klubni tark etishini e’lon qilgan. Ispaniya chempionatidagi g‘alaba bayramida ham ishtirok etmadi.
«Real» «Espanyol»ni 4:0 hisobida mag‘lub etib, La Liga chempionligini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi.
Beyl bu mavsumda La Ligada atigi 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.