Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Anchelotti dahosi. «Real»ning 35-chempionligi haqida

Anchelotti dahosi. «Real»ning 35-chempionligi haqida

Baho:
+ | -

«Real Madrid» tarixda 35-marotaba Ispaniya chempioniga aylandi. Bu voqea Kataloniyaning «Espanyol» klubiga qarshi o‘yinda (4:0) qayd etildi. «Qirollik klubi» bu safar titulga qanday yetib keldi? Mazkur sahifada bu haqda biroz mulohaza yuritiladi.

To‘g‘ri tanlov

2021 yilning 1 iyun kuni Madridning «Real» jamoasi Karlo Anchelotti bilan 3 yillik shartnoma imzolangani haqida e’lon qildi. To‘g‘ri, bu uning Madridga ikkinchi kelishi, biroq bu safargi tashrif atrofida kuzatilgan jarayonlar uni alohida voqelik sifatida ko‘rib chiqishga majbur qiladi.

O‘sha vaqt bu qarorni barcha birdek qabul qildi deyish qiyin. 2021 yil avvalidan beri Antonio Konte va Massimiliano Allegri nomlarini klub bilan shu qadar ko‘p bog‘lashgandiki, birdaniga Karlo Anchelottining bosh murabbiy etib tayinlanishi ba’zi muxlislar tomonidan majburiy yo‘l sifatida qabul qilindi. Boshqa tomondan bu qarorni kutilmagan deyish noto‘g‘ri bo‘ladi. Unutmaslik kerak klub Zinedin Zidan murabbiyiligidan chiqib kelayotgandi. Karlo Anchelotti esa fransiyalikning ustozi hisoblanadi. Jamoa o‘yiniga yondashuv ikkisida juda o‘xshash. Ya’ni, yangi tayinlov bilan Florentino Peres boshqa istalgan murabbiy tanlovidagi yuz berishi mumkin bo‘lgan risklardan qochdi, uni minimallashtirdi.

Boshqa bir faktor post-Ronaldu davridan chiqish bilan bog‘liq. Albatta, Zidan Ronaldusiz ham Ispaniyada chempion bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi, biroq bu ko‘proq murabbiyning rotasiyalari evaziga, maydondagi alohida yorqin futbolchilarsiz qo‘lga kiritilgan titul edi. Ha, o‘shanda ham deylik Benzema yoki Modrich tarkibda edi. Ammo, ular joriy mavsumdagi kabi yorqin ko‘rinishmagan o‘shanda, garchi hozirgidan  ko‘ra yoshroq bo‘lishlariga qaramay. Bundan tashqari klubni Serxio Ramos ham tark etgandi. «Ronaldusizlik tenglamasi»ni yechish Zidanning zimmasiga tushgan bo‘lsa Ramos ketgach yuzaga keladigan vaziyatni nazorat qilish uchun ham mos murabbiy kerak edi. Bir so‘z bilan aytganda – ayni davr uchun Anchelottidan ko‘ra mosroq murabbiyni topish qiyin edi.

Kim va nima o‘zgardi?

Murabbiylik uslublari haqida gapirganda Anchelottini murakkab falsafa yoki boshqotirmalar ustasi sifatida bilmaymiz. Tarkibdagi futbolchilarning individualligi Anchelotti uchun doim eng muhimi bo‘lgan. Qo‘l ostidagilarning har biridan qanday foydalanishni bilishidan tashqari u alohida futbolchi uchun samarani oshiruvchi shaxsiy ko‘rsatmalarni maromiga yetkazadi. Bu galgi eng yorqin misol – Vinisius Junior.

U «Real»ning samara ko‘rsatkichi eng yomon futbolchilaridan biri edi – 2020/21 yilgi mavsumda (La Liga va YECHL) jami 57 zarba bilan 6 ta golga erishgan. Anchelotti kelgach esa mavsumning o‘rtasidayoq 58 zarbasining 12 tasini golga aylantirib ulgurdi.

Italiyalik mutaxassis Vinisiusdagi potensialning to‘liq va tez bo‘y ko‘rsatishi ishonch va ruhiy holat bilan bog‘liqligini his qilib futbolchiga shaxsiy psixolog yollashni maslahat beradi. Hujumchi bu maslahatga quloq tutgan. Bundan tashqari avvallari katta masofani bosib o‘tib madori qolmay noaniq zarbalar yo‘llaydigan, charchoq oqibatida samarasiz driblingga beriladigan Vinisiusga sifatli jismoniy tayyorgarlik ham kerak edi.

Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Antonio Pintusning klubga qaytishi ham muhim o‘zgarishlardan biri edi. Zidanning so‘nggi mavsumi jarohat girdobida o‘tganini unutmagandirsiz. Butun mavsumi uchun oltmishga yaqin jarohat. Tahlillar jarohatlarning aksari jismoniy tayyorgarlikdagi xatolar va yuklamaning noto‘g‘ri taqsimlanishi bilan bog‘liq ekanini ko‘rsatardi. Bu holatda klubni tark etib, «Inter»da Italiya chempioniga aylangan Antonio Pintusni ortga qaytarish Anchelotti erishgan eng katta yutuqlardan biri edi. Yuqorida eslanganidek Vinisius Junior yoki Rodrigo, Luka Modrich, Toni Kross va Kazemiro singari futbolchilarga yuklamani to‘g‘ri taqsimlashda Pintusning o‘rni juda katta. Natija yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

Benzema

Chempionlik va yorqin mavsumning maydondagi bosh ismi — Karim Benzema. Bugun fransiyalik futbolchining chempionat va Chempionlar Ligasidagi «gol+pas» ko‘rsatkichi 53 ochkoga yetib bo‘lgan. Ammo raqamlar Benzemaning bor qadrini ko‘rsatib berolmaydi, bu safar. Bu gal u mavsumni yakka yetakchi, haqiqiy qutqaruvchi va xarakter ramzi sifatida o‘tkazmoqda. «PSJ», «Chelsi» va «Manchester Siti»ga qarshi YECHL o‘yinlari buning yorqin misoli. Biroq Benzemaning jamoadagi o‘rni yaqqol namoyon bo‘lgan o‘yin ikkinchi davrada «Barselona»ga qarshi o‘tgan uchrashuv edi. «U o‘yinni o‘tkazib yuborgandi-ku», — deysizmi? Aynan u bo‘lmagani uchun ham keyingi voqealar yuz bergan va futbolchining bor mavqeyi namoyon bo‘lib qolgandi.

"Biz Benzemaga bog‘lanib qolganmiz. Buni rad etmayman, hatto Karimga bog‘liqligimizdan juda xursandman. U zamonaviy futbolda hujumchi qanday bo‘lishi keraklining mukammal misoli", — degandi Karlo Anchelotti

Albatta shuncha maqtovdan so‘ng jamoaning himoya chizig‘i butun mavsum uchun juda yomon taassurot qoldirganini aytib o‘tish lozim. David Alabaning moslashuv jarayoni hali yakunlanmagan, Eder Militaoning o‘yini beqaror bo‘lib qolmoqda, Ferlan Mendi jarohat tufayli ko‘p vaqt yordam berolmadi. Bunga o‘xshash sabablar yetarli. Shuning uchun ham kelasi mavsum uchun transfer maqsadlari qatorida birinchi bo‘lib markaziy himoyachilar aytilmoqda.

Hozir esa joriy mavsumdagi chempionlikni nishonlash mumkin. Bu munosib g‘alaba edi. Natija bilan jamoaning butun dunyodagi muxlislarini tabriklash mumkin.

Darvoqe, endilikda Karlo Anchelotti Yevropaning top-5 birinchiliklarida chempion bo‘lgan tarixdagi ilk murabbiyga aylandi. U futbolchilari bilan hali YECHLda ham g‘alaba qozonish imkoniyatini saqlab turibdi.

Orif Tolipov

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:58, 01.05.2022.
O'qildi: 2571 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.