Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

"Manchester Siti" Chempionlar ligasi yarim finallarida

"Manchester Siti" Chempionlar ligasi yarim finallarida

Baho:
+ | -

Stadion.uz nashri Manchester klubining Chempionlar ligasining 1/2 finalidagi tajribasi haqida.

Shayxlar "Manchester Siti"ni qo‘lga kiritgandan so‘ng, klub juda tez ingliz futbolidagi o‘rta darajasidan eng yuqori mukofotlarga da’vogar maqomiga ko‘tarildi.

"Shaharliklar" ancha oldin birinchi chempionlikni qo‘lga kiritgan, ammo Chempionlar ligasidagi ishlari yaxshi yurishmayapti. Bu mavsumda "Siti" yana asosiy Yevropa turnirining 1/2 finaliga chiqdi va u yerda "Real Madrid"ga qarshi o‘ynaydi.

2016 yil

Raqib: "Real Madrid"

Natija: mag‘lubiyat

"Man Siti"ning pley-offdagi birinchi raqibi “Dinamo Kiyev” bo‘ldi va ular 3:1 hisobidagi g‘alaba evaziga keyingi bosqichga chiqdi. Manchesterda jamoalar durang o‘ynashdi.
Chorak finalda “PSJ”ni yenggan “Siti” Chempionlar ligasida navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan “Real” bilan 1/2 finalda o‘ynashi kerak edi.

O‘z maydonida o‘tkazilgan o‘yinda "Siti" eng yaxshi o‘yinidan ancha uzoqda o‘ynadi va uchrashuvda hisob ochilmadi. "Real Madrid" ko‘proq to‘pga ega bo‘ldi, ko‘proq hujum qildi va darvozaga zarba berdi.

Ronaldu "Santyago Bernabeu"ga qaytdi va o‘yin ham xuddi shunday ruhda o‘tdi - "Real Madrid" ko‘proq hujum qildi va ko‘proq g‘alaba qozonishni xohladi. Lekin ular faqat bir marta gol urishdi.

O‘ng qanotdan Garet Beyl darvozaga yaqin keldi va zarba berdi, to‘p Fernandinyoga tegib, Xart ustidan darvozaga borib tushdi.

"Man Siti"dagi o‘sha o‘yindan keyin ko‘p narsa o‘zgardi, jamoada faqat birinchi o‘yinda zaxiradan maydonga tushgan Fernandinyo, De Bryuyne va Sterling qoldi.

2021 yil

Raqib: “PSJ”

Natija: g‘alaba

O‘tgan yili ham xuddi shunday tarixga ega jamoalar yarim finalda to‘qnash kelishgandi - ikkalasi ham o‘rta klublar edi, ikkalasi ham sharq boylarining mulkiga aylangan va endi Chempionlar ligasida g‘olib chiqishga harakat qilmoqda.

“PSJ” esa birinchi o‘yinni yaxshiroq boshladi, 15-daqiqada oldinga chiqib olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu “Siti”ni faolroq o‘ynashga undadi, ular uzoq vaqt o‘zini oqlashga harakat qilishdi va ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida buni uddalashdi va hisobni tenglashtiribgina qolmay, oldinga ham chiqib olishdi.

Avvaliga De Bryuyne qiziq gol urdi. U jarima maydonchasi ichida zarba berdi, biroq to‘pga hech kim tegmadi va u to‘g‘ri darvoza burchagiga borib tushdi. Keyin esa Mahrez jarima zarbasini aniq amalga oshirib jamoasini oldinga olib chiqdi.

Javob uchrashuvining boshlanishi juda qiziqarli bo‘ldi. Birinchidan, hech qanday sababsiz Manchesterda may oyi boshida qor yog‘di. Ikkinchidan, 6-daqiqadayoq hakam Zinchenkoning qo‘l bilan o‘ynagan to‘pi uchun penalti belgiladi, lekin VARni ko‘rib, o‘z qarorini bekor qildi. Uchinchidan, 11-daqiqada Mahrez hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Mahrez keskin qarshi hujumdan so‘ng yana gol urdi. Bir necha daqiqadan so‘ng, Di Mariya nomaqbul xatti-harakati uchun chetlatildi. "Shaharliklar" hal qiluvchi bahsga yo‘l olishadi. Umumiy hisobda 4:1.

“Siti” finalda “Real” bilan to‘qnash kelishi mumkin edi, ammo “Chelsi”ga mag‘lub bo‘ldi. London klubi "Man Siti" klubi bilan finalda uchrashdi. “Siti” favorit bo‘lsa-da, Chempionlar ligasi finalida minimal hisobda yutqazdi.

Natija

Yarim finaldagi jami ishtiroklar: 3 ta (hozirgi bilan birga)

Muvaffaqiyatli yakunlangan yarim final: 1

Finaldagi g‘alabalar: 0 (0%)

"Man Siti" hali ham Chempionlar ligasining ilk g‘alabasi sari yo‘lda. Ularning yarim finaldagi tajribasi "Real"ga qaraganda ancha kam. Lekin birinchi uchrashuv tajriba emas, amaldagi o‘yin hammasini hal qilishini ko‘rsatdi. Minimal g‘alaba “Siti”ni finalga yaqinlashtirdi.

Kiritildi: 11:36, 01.05.2022.
O'qildi: 5113 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик