Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Bugun Messi «Barselona» safida kiritgan ilk goliga 17 yil bo‘ldi (video)

Bugun Messi «Barselona» safida kiritgan ilk goliga 17 yil bo‘ldi (video)

Baho:
+ | -

Bundan roppa-rosa 17 yil muqaddam, 2005 yilning 1 may kuni argentinalik hujumchi Lionel Messi «Barselona» safidagi ilk golini urgan edi. U «Albasete» bilan uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida maydonga tushdi va Ronaldinyoning uzatmasidan so‘ng debyut golini kiritdi. «Ko‘k-anorranglilar» safida birinchi golini urganda Messi atigi 17 yoshda edi.

E’tiborlisi, «Albasete» bilan o‘yinda Messi ikkita gol urgan bo‘lsa-da, argentinalik futbolchining gollaridan biri ofsayd tufayli hisobga olinmadi.

Eslatib o‘tamiz, Messi 2005 yildan 2021 yilgacha «Barselona»ning asosiy jamoasida o‘ynagan. Shundan so‘ng argentinalik futbolchi Parij klubiga ko‘chib o‘tdi. 34 yoshli hujumchi erkin agent sifatida fransuz klubi futbolchisiga aylandi. Joriy mavsumda argentinalik hujumchi barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Messi va «PSJ» o‘rtasidagi kelishuv kelasi mavsum oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 60 million yevroga baholagan.

Kiritildi: 14:43, 01.05.2022.
O'qildi: 2702 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик