Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Samvel Babayan: “Bugungi g‘alabani Namangan viloyati hokimiga bag‘ishlaymiz”

Samvel Babayan: “Bugungi g‘alabani Namangan viloyati hokimiga bag‘ishlaymiz”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 6-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” – “Navbahor” (1:2) uchrashuvidan keyingi  matbuot anjumanining birinchi qismida namanganliklar ustozi Samvel Babayan OAV xodimlarining savollariga javob berdi. Samvel Vyacheslavovich o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikri bilan boshladi.

— So‘zim avvalida barcha hamyurtlarimizni kirib kelayotgan Ramazon hayiti bilan tabriklab, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik tilayman.

Uchrashuv to‘g‘risida to‘xtaladigan bo‘lsak, “Navbahor”ning barcha o‘yinlari qiziqarli va kurashlarga boy tarzda kechmoqda. O‘ylaymanki, bugungi bahs so‘nggi daqiqalargacha barchani hayajonda ushlab turdi. Garchi penalti va chetlatish tufayli, ustunlik jamoamiz tarafida bo‘lsada, ancha vaziyatlarni ko‘kka sovurdik. O‘z maydonimizda  “So‘g‘diyona”dan uchralgan alamli mag‘lubiyatdan keyin bugun g‘alaba qozonishimiz shart edi hamda buni uddalaganimizdan xursandman.

Futbolda bitta raqibni ikki marta yutish qiyin. Buni qarangki, O‘zbekiston kubogi guruh bosqichidagi o‘yindan keyin Superligada ham chempionat yetakchi bo‘lgan “Qizilqum”ni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldik.

Yigitlarga o‘yin uchun rahmat aytaman. Bugungi g‘alabani Namangan viloyati hokimi Shavkat Shokirjonovich Abdurazzoqovga bag‘ishlaymiz. Shavkat  Shokirjanovich jamoamiz uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqda hamda futbolning haqiqiy jonkuyari. U “Navbahor”ning shonli tarixini qaytarish uchun harakat qilmoqda.

— Elguja Grigalashvili va Nurillo To‘xtasinov bugungi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushmadi. Buning sababi nimada?
— O‘yin uchun tanlangan taktikadan kelib chiqib shunday qilindi. Kichik rotasiyaga qo‘l urgandik. Shunday bo‘lsa-da, keyinroq ularni maydonga tushirdik va ushub futbolchilar ishonchni oqlashdi.  

— Ikkinchi bo‘limda “Navbahor”ning maydonda bir kishi ko‘p bo‘lib to‘p tepgani sezilmadi...
— Bu psixologiyaga bog‘liq holat. Jizzaxliklar bilan kechgan o‘yinda bizdan har taraflama omad yuz o‘girib, mag‘lub bo‘lgandik. Boshqa tarafdan aytsak, to‘pni nazorat qilib, gol urishimiz lozim edi.

— O‘zbekiston kubogidagi va bugungi “Qizilqum” o‘rtasida farq sezdingizmi?
— Yo‘q sezmadim. O‘shanda ham navoiyliklar jamoamizga jiddiy qarshilik ko‘rsatishgandi, bugun ham munosib raqiblik qilishdi. “Qizilqum” yuqori saviyali o‘yinchilardan tuzilgan jamoa. Bejizga navoiyliklar chempionatda yetakchilik qilishmayapti.

— “Navbahor”  may oyida tig‘iz taqvimga ega bo‘ladi. Jamoa bunga qanchalik tayyor?
— Jamoada futbolchilar yetarli, rotasiyaga qo‘l uramiz. Chempionatda ketma-ket o‘yinlar bo‘lishiga sabab, oraliq “pauza”lar ko‘p. Albatta, maksimal kuchimizni sarflab, ijobiy natijani qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:56, 01.05.2022.
O'qildi: 1542 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.