Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted»ning APLdagi so‘nggi 11 golidan 9 tasiga muallif bo‘ldi

Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted»ning APLdagi so‘nggi 11 golidan 9 tasiga muallif bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Angliya chempionatining 35-turida «Manchester Yunayted» «Brentford» ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda Krishtianu Ronaldu penaltidan gol urdi. Shu tariqa «Brentford» portugaliyalik hujumchi gol urgan 168-jamoaga aylandi.

Ronaldu mankunianliklar safida so‘nggi 4 o‘yinda 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Avvalroq Krishtianu «Norvich» (3:2), «Arsenal» (1:3) va «Chelsi»ga (1:1) qarshi bahslarda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygandi.

Shuningdek, Ronaldu «qizil iblislar»ning APLdagi oxirgi 11 golidan 9 tasiga mualliflik qildi. 12 martdan buyon portugaliyalik futbolchi «Tottenhem» (3:2) va «Norvich» (3:2) darvozasiga 3 tadan gol urdi, «Arsenal»ga (1:3) qarshi o‘yinda ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi. «Chelsi»ga (1:1) qarshi bahsda esa Ronalduning goli manchesterliklarga durang natija olib kelgandi.

Krishtianu APL joriy mavsumidagi gollari sonini 18 taga yetkazib oldi va «Manchester Yunayted»dagi so‘nggi mavsumida (2008/09, 18 ta gol) qayd etgan natijasini takrorladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:53, 03.05.2022.
O'qildi: 1574 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик