Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina 2-1 Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

Muxlislarning ulardan hafsalasi pir yoxud APLdagi top transferlar uchligi emas puchligi

Muxlislarning ulardan hafsalasi pir yoxud APLdagi top transferlar uchligi emas puchligi

Baho:
+ | -

O‘tgan yozda bir nechta mega transferlar amalga oshirilgan edi. Klublar har qanday futbolchini katta mablag‘ evaziga sotib olar ekan, unga ulkan umid bog‘laydi. Biz bugun APL jamoalari xarid qilgan futbolchilar haqida so‘z yuritamiz. Xo‘sh yuz millionlab sarflangan pullar o‘zini qanchalik oqladi? Quyida ana shunday «qimmatbaho» futbolchilarning uchtasi haqida gap boradi.

Jek Grilish – 100 million funt-sterling

Grilish «Manchester Siti»ga o‘tganidan to hozirga qadar APL doirasidagi bahslarda jami 20 marta asosiy tarkibda, 3 ta uchrashuvda esa zaxiradan maydonga tashlanadi. Uning maydonda harakat qilgan vaqti 1,728 daqiqani tashkil etadi. Bu statistika futbolchining «Aston Villa» safida 2020-2021 yilgi mavsumda eng yomon o‘tkazgan (jarohatlar sabab) davridagi teng ko‘rsatkichdir. Shunday bo‘lsada u o‘tgan mavsum davomida jamoa yetakchisi sifatida 12 ta assist hamda 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Shunga qaramay, Grilish unga nisbatan eng ko‘p qoida buziladigan futbolchilar ichida yetakchilardan biridir. U bu borada o‘rtacha 2,2 martalik ko‘rsatkichga ega. Ya’ni unga nisbatan har bir o‘yinda ikki martadan ko‘proq fol ishlatiladi. Ammo bu statistika o‘tgan mavsumdagiga qaraganda ikki baravar kamroqdir (4,2 marta). Yarim himoyachi, shuningdek, hal qiluvchi uzatmalar berish borasida ham bu mavsumda ancha pastlagan. Grilish bu borada Angliyada ikkinchi o‘rindan (o‘rtacha har bir o‘yinda 3,1 ta) o‘ninchi o‘ringa (o‘rtacha 1,9 ta) tushib qoldi.
O‘zining YECHLdagi ilk bahsida gol va assist bilan katta umidlar uyg‘onishiga sababchi bo‘lgan Grilish, keyinchalik ko‘rinmay qoldi. Xususan, u 5 ta YECHL bahsida na gol va na assist qayd etdi. Jamoasining so‘nggi ikkita pley-off o‘yinini esa zaxiradan kuzatishga majbur bo‘ldi. Shunga qaramay, 100 millionlik futbolchidan hali ham ko‘p narsalar kutilmoqda. Grilish «Manchester Siti» safida milliy chempionat doirasida 2 ta assist muallifiga aylandi. Bu degani har bir assistning narxi 50 million funtdan baholanadi. Ko‘ramiz, uning keyingi taqdiri qanday kechar ekan...

Romelu Lukaku – 97,5 million funt

O‘tgan mavsum Lukaku «Inter» bilan chempion bo‘lgandi. O‘shanda Belgiya hujumchisi 36 ta bahsda 24 ta golga mualliflik qiladi. «Chelsi» bilan esa ba’zi paytlarda unga zaxiradan tushishga ham imkon berilmayapti (masalan, «Everton» bilan mag‘lubiyatli bahsda). Lukaku 2022 yil kirib kelganidan beri hali APLda gol urmadi. So‘nggi 20 ta o‘yinda esa atigi 2 ta golga mualliflik qildi, xolos. Uning har bir o‘yinda raqib darvozasiga o‘rtacha zarba berish ko‘rsatkichi 1,3 tani tashkil etdi. Bu esa APLda 75 o‘rin demakdir. Hujumchining uzatmalarda ishtirok etish ko‘rsatkichi ham ancha ayanchli ahvolda.
Romelu Lukaku «Chelsi»ning Angliya kubogidagi o‘yinlarining beshtasida asosiy tarkibdan joy olgandi. Ushbu bahslar davomida esa 3 ta gol urishga erishdi. Shuningdek 28 yoshli futbolchi hisobida 2 ta klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida urilgan gollar ham mavjud. Ammo 100 millionlik hujumchingiz bo‘lganidan keyin, uni «Liverpul» yoki «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda gol urishini istaysiz. Qandaydir «Chesterfild» bilan o‘yinda emas. Shunday qilib, Lukakuning «Chelsi»da urgan har bir goli klub uchun 19,5 million funtga tushdi. Kelajakda Romelu Lukakuning ishlari yaxshilanib ketishiga tilakdoshmiz.

Jeydon Sancho – 76,5 million funt

«Manchester Yunayted» o‘tgan mavsumni 2 o‘rinda, «Liverpul»dan 5 ochko ko‘p to‘plagan holda yakunlagan edi. Ayni damda esa «qizil iblislar» o‘zlarining ashaddiy raqobatchilaridan 27 ochkoga ortda qolmoqda. Aslini olganda, «MYU» bu mavsumda chempion bo‘lishni niyat qilgan edi. Shu maqsadda Jeydon Sanchoni «BVB»dan 76,5 millionga xarid qilgan. Ammo ko‘chish omadli bo‘lmadi. Sancho o‘tgan mavsumni Bundesligada 17 gol hamda 17 assist bilan yakunlaydi. Bu mavsumda esa jami 29 ta APL bahsida 3 ta gol va 3 ta assist qayd etdi, xolos. Oradagi farq ancha sezilarli. Shu sabab hujumchining bozor narxi 18 million funtga pastlab ketdi. Qolaversa, boshqa mayda statistikalar, jumladan, muhim passlar berish, dribling hamda gollarda qatnashish foizlari ham keskin pastladi. Sancho «MYU»ning fevral va mart oylaridagi uchrashuvlarida 3 ta gol va 2 ta assistga mualliflik qilgan. Biroq apreldagi so‘nggi beshta o‘yin ingliz futbolchisi uchun omadsiz o‘tdi. «MYU» muxlislari (balki rahbariyati ham) esa unga sarf qilingan pullarga achina boshladi. Chunki ayni paytda Sanchoning har bir bergan golli uzatmasi jamoaga 25,2 million funtga tushib turibdi. Biz esa Jeydon Sanchoning keyingi mavsumlarda o‘z darajasiga qaytib olishiga umid bildiramiz.

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: planetsport.com
Kiritildi: 23:16, 03.05.2022.
O'qildi: 1945 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.