Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya 3-0 Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

YECHL. "Vilyarreal" ertagi yakunlandi yoxud "Liverpul" dastlabki finalchi

YECHL. "Vilyarreal" ertagi yakunlandi yoxud "Liverpul" dastlabki finalchi

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Vilyarreal" - "Liverpul" javob uchrashuvi yakuniga yetdi. "De la Keramika" stadioni mezbonlik qilgan bahsda "Liverpul" superkambek evaziga 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastavval, birinchi bo‘limda maydon egalari Bulaye Dia va Frensis Koklen tomonidan kiritilgan gollar evaziga tanaffusga katta ustunlik bilan yo‘l olishdi. Biroq 2-taymda Kloppning jamoasi o‘yin tizginini butunlay o‘zgartirdi. Dastlab Fabinyo hisobni qisqartirdi Luis Dias va Sadyo Mane tomonidan kiritilgan gollar esa "Liverpul"ga g‘alaba va final yo‘llanmasini taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, tomonlar o‘rtasidagi dastlabki o‘yin 2:0 hisobida "qizillar" foydasiga hal bo‘lgan edi. Finalda "Liverpul" "Real" - "Manchester Siti" juftligi g‘olibiga qarshi maydonga chiqadi.

Yevropa Chempionlar ligasi, yarim final, 2-o‘yin
4 may, 00:00

"Vilyarreal" - "Liverpul" - 2:3

Gollar: 1:0 – 3 Dia, 2:0 – 41 Koklen, 2:1 – 62 Fabinyo, 2:2 – 67 Dias, 2:3 – 74 Mane.

Vilyarreal – Ruli, Foyt, Albiol (OrYE, 79), Pau Torres, Estupinyan (Trigeros, 79), Lo Chelso, Koklen (Pedrasa, 68), Kapu, Parexo, Jerar Moreno (Chukvueze, 68), Dia (Pako Alkaser, 80).

Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Robertson (Simikas, 80), Tiago Alkantara (Djons, 80), Fabinyo (Milner, 84), Keyta (Xenderson, 79), Salax, Mane, Diogu Jota (Dias, 46).

Ogohlantirishlar: Kapu (63), Aleksander-Arnold (77), Lo Chelso (81), Pau Torres (85).

Chetlatish: Kapu (85).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:54, 04.05.2022.
O'qildi: 4042 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик