Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

Junior "Bayer" bilan shartnoma imzolashi mumkin

Junior "Bayer" bilan shartnoma imzolashi mumkin

Baho:
+ | -

Leverkuzenning "Bayer" klubi "PSJ" hujumchisi Junior Dina-Ebimbe bilan shartnoma imzolashi mumkin.

RMC Sport bergan xabarga ko‘ra, Leverkuzen klubi 21 yoshli fransiyalik futbolchi uchun rasmiy taklif tayyorlamoqda. "Bayer" qishda futbolchi sotib olmoqchi edi, biroq keyinchalik kelishuv amalga oshmay qoldi.

"PSJ" bilan shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladigan Dina-Ebimbening o‘zi ham klubini o‘zgartirish haqida o‘ylamoqda. Parijliklar hujumchini sotishga tayyor, biroq ayni paytda uning uchun imkon qadar ko‘proq pul olishni maqsad qilgan.

2021/22 yilgi mavsumda forvard Parij grandi safida 14 o‘yinda 1 golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 06:10, 05.05.2022.
O'qildi: 2092 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик