Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

«Paxtakor» va «Bunyodkor» futbol klublari yilning eng ko‘p zarar ko‘rgan korxonalari ro‘yxatidan joy oldi

«Paxtakor» va «Bunyodkor» futbol klublari yilning eng ko‘p zarar ko‘rgan korxonalari ro‘yxatidan joy oldi

Baho:
+ | -

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat ishtirokidagi korxonalarning 2021 yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotlar tahlilini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, 21 yilning eng ko‘p zarar ko‘rgan 20 ta korxonasi ro‘yxatidan ikkita futbol klubi ham joy oldi.

«Bunyodkor» 2021 yilni 27 milliard so‘m zarar bilan yopgan bo‘lsa, «Paxtakor» o‘tgan yilda 30,3 milliard so‘m zarar ko‘rgan.

«Paxtakor» 2020 yilning ham eng ko‘p zarar ko‘rgan korxonalari ro‘yxatidan joy olgandi. Poytaxt klubi 2020 yilda 82,7 milliard so‘m zarar keltirgandi.

O‘sha vaqtda «Paxtakor» matbuot xizmati bu holat bo‘yicha bayonot bilan chiqqan, unda klub 2018—2020 yillar mobaynida davlat byudjetidan umuman mablag‘ olmaganligi va bu vaqtda jamoa xarajatlari to‘liq SFI Management Group tomonidan qoplangani aytilgandi.

2021 yilning aprel oyida «Paxtakor»ning SFI Management Group’ga tegishli 80% aksiyasi qolgan 20% ulushga egalik qiladigan Toshkent hokimligiga o‘tkazilgani va jamoa to‘liq Toshkent hokimligi tasarrufida bo‘lishi ma’lum bo‘lgandi.

2021 yilning iyunida «Paxtakor» futbolchilar, murabbiylar shtabi va rahbariyatning maoshlarini e’lon qilgan. Unga ko‘ra, klub yiliga maoshlar uchun 50 milliard so‘m sarflashi ma’lum bo‘lgandi. Yozda «sherlar» yiliga 16 milliard so‘m maosh oladigan legioner Eren Derdiyok bilan xayrlashgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:42, 06.05.2022.
O'qildi: 2100 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.