Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Superliga. «Qizilqum» «Metallurg» bilan o‘yinda 90+6-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Superliga. «Qizilqum» «Metallurg» bilan o‘yinda 90+6-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Baho:
+ | -

Chempionatning so‘nggi ikki turida mag‘lubiyatga uchragan Bekobodning “Metallurg” jamoasi 7-turda juda muhim g‘alabani rasmiylashtirishi mumkin edi.

Chempionat peshqadamlaridan biri – Navoiyning “Qizilqum” jamoasini qabul qilgan bekobodliklar birinchi taym o‘rtalarida kiritilgan yagona gol evaziga 3 ochkolik bo‘lishga yaqin turgandi. Burchakdan to‘p o‘yinga kiritib berilganda Xudoyshukur Sattorov hamdan ildamroq harakat qildi va boshi bilan to‘pni urib, darvoza to‘riga tushirdi. Bu vaziyatda Ignatiy Nesterovning jon holatda to‘pga tashlanishi ham samara bermadi.

Ammo ikkinchi taymga 6 daqiqa vaqt qo‘shib berildi. Qo‘shib berilgan vaqt yakuniga yetgandan keyin ham to‘xtalishlarni inobatga olgan hakam mehmonlarga burchakdan to‘pni o‘yinga kiritishlariga imkon berdi. Bu esa gol bilan yakunlandi va o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi.

Shunday qilib, yetakchilardan biri bilan durang o‘ynagan “Metallurg” murabbiylari va futbolchilarini bu qo‘lga kiritilgan ochko unchalik quvontirmadi.

Coca Cola Superliga. 7-tur
METALLURG – QIZILQUM – 1:1 (1:0)
Gol: Xudoyshukur Sattorov (26) — Jasur Azimov (90+6)
“Metallurg”: 12.Aleksandr Lobanov, 6.Xudoyshukur Sattorov, 7.Islombek Isoqjonov (9.Zabixillo O‘rinboyev, 67), 8.Salamat Quttiboyev, 10.SHohnazar Norbekov (16.Jasur Xolto‘rayev, 79), 11.Damir Temirov, 14.Abrorbek Toshqo‘ziyev, 22.SHahzodbek G‘ofurbekov, 80.Farrux Ibrohimov, 94.Farhod Bekmurodov (30.Ibrohim Ibragimov, 46), 97.Muhammadali Aliqulov.
“Qizilqum”: 1.Ignatiy Nesterov, 4.Boburbek Yo‘ldoshev (17.Salim Mustafoyev, 46), 7.Sanjar Shoahmedov, 10.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 11.Aleksandar Stanisavlevich, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 23.SHerali Jo‘rayev, 25.Azizbek Usmonov (18.Jasur Azimov, 83), 33.Oleg Zoteev, 43.Pol Komolafe, 88.Artyom Dmitriyev.
Ogohlantirishlar: Abror Toshqo‘ziyev (18), Aleksandr Stanislavlevich (44), Salim Mustafoyev (48), Islom To‘xtaxo‘jayev (77), Jasur Azimov (89), Salamat Quttiboyev (89).
Hakamlar: Ahrol Risqullayev, Zufar Eliboyev, Farhod Usmonov, Shuhrat Rajabov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
VAR hakami: Elyor Tursunov
VAR assistenti: Andrey Sapenko
Komissar: Sherzod Rajabov

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:37, 06.05.2022.
O'qildi: 1483 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.