Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Samvel Babayan: “Milliy chempionatimizda o‘tkinchi o‘yinlar yo‘q”

Samvel Babayan: “Milliy chempionatimizda o‘tkinchi o‘yinlar yo‘q”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligacining 7-turidan o‘rin olgan “Navbahor”  - “Bunyodkor” (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga  javob berdi. Samvel Vyacheslavovich o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Avvalo bugun nafaqat stadionni to‘ldirgan, balki, o‘yingohda umuman    bo‘sh joy qoldirmagan muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugungi holat menga 1996 yilgi mavsumni esimga soldi. O‘sha mavsumda ham stadion ishqibozlarga to‘la bo‘lardi. Jamoamiz futbolchilari, murabbiylar shtabi va klub rahbariyati barcha ishlarni muxlislarga quvonch ulashish maqsadida amalga oshirmoqda. Bugun ishqibozlar uchun haqiqiy bayram bo‘ldi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalari hayajonli o‘tdi. Bunday qo‘llab - quvvatlashdan keyin har qanday g‘alaba yoqimli va qadrli. Yana bir marta barchani bugungi zafar bilan tabriklagan holda, Superliga o‘yinlari qiziqarli, keskin kurashlarga boy tarzda o‘tayotganligini ta’kidlamoqchiman. Milliy chempionatimizda o‘tkinchi o‘yinlar yo‘q.

Muxlislarga keyingi o‘yinlarda ham xursandchilik ulashishda davom etamiz.   

- Jamoaning shtatli penaltichisi Azimjon Ahmedov zaxira o‘rindig‘iga olinganidan so‘ng, “Bunyodkor” darvozasiga belgilangan ikkinchi penaltini Yovan Jokich amalga oshirdi. Bu borada Jokichga ko‘rsatma bo‘lganmidi yoki buni futbolchilarning o‘zlari hal qilishdimi?

- Jamoada shunday holatlar bo‘ladiki, bu kiyinish xonasida muhokama qilinadi. Ha, o‘sha penaltini Jokich tepishi kerak edi. Yovanning  oldingi jamoasidagi 11 metrli jarima zarbalari bo‘yicha statistikasi juda yaxshi ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Biroq u penaltini aniq amalga oshirolmadi, lekin chiroyli gol urdi. Yovanning o‘yinning boshidan yakuniga qadar, maydonda jon kuydirib to‘p surishi, keng qalbli futbolchi ekanligini e’tirof etish joiz.    

So‘zim yakunida “Navbahor” futbolkasini kiygan holda, maydonga tushib, klub oldiga qo‘yilgan vazifani amalga oshirish maqsadida joy kuydirayotgan yigitlarga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Aslida bugungi uchrashuv taqdirini ertaroq hal qilishimiz ham mumkin edi. Biroq shunday sinovlar bizning yanada kuchli bo‘lishimiz uchun zamin yaratadi.

Shogirdlarimga esa klub va muxlislar oldidagi majburiyatni his etgan holda, Namangan viloyati hokimligi, klub rahbariyati tomonidan yaratib berilayotgan qulay shart-sharoitlarga javoban oxirigacha kurashishgani uchun yana bir marta rahmat aytaman.

Jamoamizni oldinda hali ko‘plab qiziqarli uchrashuvlar kutib turibdi.

Manba: "Навбаҳор" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 03:54, 07.05.2022.
O'qildi: 1386 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.