Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 05:00 Peru - Urugvay
10/10 14:10 Avstraliya - Xitoy
10/10 19:00 O‘zbekiston - Eron
10/10 19:00 Iordaniya - Janubiy Koreya
10/10 21:00 Bahrayn - Indoneziya
10/10 21:00 Qatar - Qirg‘iziston
10/10 21:00 Ummon - Kuvayt
10/10 21:00 BAA - KXDR
10/10 23:00 Iroq - Falastin
10/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Yaponiya
11/10 01:00 Boliviya - Kolumbiya
11/10 02:00 Ekvador - Paragvay
11/10 02:00 Venesuela - Argentina
11/10 05:00 Chili - Braziliya

Klopp yigitlari rekordlarni yangilashda davom etadi

Klopp yigitlari rekordlarni yangilashda davom etadi

Baho:
+ | -

Klopp boshchiligidagi "Liverpul" joriy mavsum super o‘yin ko‘rsatmoqda. Yangilanayotgan rekordlar ko‘pchilikni hayratga solyapti. Quyida u haqida qisqacha to‘xtalamiz.

"Vilyarreal" "Liverpul" bilan uy o‘yinining birinchi bo‘limida intrigani yuqori bosqichga ko‘tardi - tezda ikki gol urib, hammani hayratga soldi. Bo‘lim oxiriga kelib ham ikki to‘p farqi saqlanib qolgan edi. Ammo ikkinchi bo‘limning yarmida mehmonlar ikkita gol bilan barchasini o‘z joylariga qaytarishdi. Bu yerda maqsadlar va ambisiyalar "qizillar"da ko‘proq bo‘lib chiqdi. Birinchi o‘yinda "Liverpul" ikki daqiqa ichida ikkita gol urgan edi, biroq bu yerda bunga biroz ko‘proq vaqt kerak bo‘ldi va hammasi tanaffusdan keyin kutilmaganda sodir bo‘ldi. O‘shanda darvozabon Jeronimo Rullining jarima maydonchasi tashqarisidagi xatosi "Liverpul"ga g‘alaba qozonishga yordam berdi - Sadio Mane bo‘sh darvozani osonlik bilan ishg‘ol etdi.

Tanaffus davomida shov-shuvli “Vilyarreal” "Liverpul"ni musobaqadan chiqarib yuboradigandek tuyulgan edi. Ammo Yurgen Klopp jamoasi bunga yo‘l qo‘ymadi. Filippo Indzagi aytganidek: “Liverpul” kabi jamoalar doim senda hushyorlikni oshirib turadi. Ular gol urishingni his qiladi va keyin seni jazolaydi”, - deydi Indzagi.

• «Liverpul» 5 yil ichida uchinchi marta Chempionlar ligasi finaliga chiqdi, bunga qadar hech kim bu qadar tez-tez bu ishni takrorlamagan. "Liverpul" qisqa davr oralig‘ida dastlab, finalda 2018 yilda o‘ynagan edi. O‘shanda jamoa "Real"ga imkoniyatni boy berdi. Biroq keyingi yili g‘alaba qozonishni uddaladi. Bu yil ham kubok uchun yana bir jiddiy qadam tashlandi.

"Liverpul" klub tarixidagi 10-CHempionlar ligasi/Evropa kubogi finalini o‘tkazadi - faqat "Real Madrid" (16 ta), "Bavariya" va "Milan" ( 11 ta) "qizillar"dan ko‘ra ko‘proq o‘yin o‘tkazgan. Ingliz klublari orasida esa bu eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi: beshta finalga ega "MYU" eng yaqin ta’qibchi hisoblansa, "Chelsi"da uchta, "Siti"da esa bitta hal qiluvchi bahs mavjud.

• Yurgen Klopp faoliyatida to‘rtinchi marta Chempionlar ligasi finaliga yo‘l oldi, uning dortmundliklar bilan “Bavariya”ga mag‘lub bo‘lgani ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak. Ayni dam nemis murabbiyi Chempionlar ligasi finaliga chiqish bo‘yicha Marchello Lippi, Aleks Fergyuson va Karlo Anchelotti bilan tenglashib oldi - ammo chorshanba kuni italiyalik o‘zining beshinchi finalini o‘tkazish imkoniyatiga ega. Hozirda Klopp bir mavsumda uchta kubok finaliga chiqqan birinchi murabbiyga aylandi. Chempionlar ligasi, Angliya kubogi va liga kubogi (allaqachon g‘alaba qozonilgan). Darhaqiqat, "Liverpul" bir mavsumda uchta finalga chiqqan tarixdagi birinchi ingliz klubi hamdir.

“Liverpul” ushbu Chempionlar ligasida mehmondagi barcha o‘yinlarda g‘alaba qozondi. Biroq "Vilyarreal" bilan birinchi bo‘limdan keyin ushbu seriyani davom ettirishga umid kamdek tuyulgandi, ammo jamoa baribir 100% g‘alaba qozondi.

• Ispaniyadagi o‘sha uchta gol orqali "Liverpul" barcha musobaqalar doirasida 139 ta gol bilan klub tarixidagi bir mavsumda eng yaxshi gol urish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Oldinda yana oltita o‘yin bor: Premyer-liganing to‘rtta turi, Angliya kubogi finali va Chempionlar ligasi finali turibdi. Ushbu o‘yinlarda Klopp va uning jamoasi yanada ko‘plab rekordlarni qayd etishi kutilmoqda. Biz esa "Liverpul"ga omad tilab qolamiz.

Kiritildi: 09:02, 07.05.2022.
O'qildi: 3573 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.