Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Milan" "Real" futbolchisiga ko‘z tikmoqda

"Milan" "Real" futbolchisiga ko‘z tikmoqda

Baho:
+ | -

"Real" vingeri Marko Asensioga "Milan" qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Calciomercato xabar tarqatmoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, "Milan" futbolchi bilan yozgi transfer borasida muzokaralar olib bormoqda. O‘z navbatida "Real" Markoga shartnomani uzaytirishni taklif qilmoqda va yaqinda o‘z taklifini yaxshilagan.

Futbolchi yiliga yetti million yevro olmoqchi, ammo «Milan» bonuslar bilan faqat besh million yevro taklif qila oladi. Biroq “qizil-qoralar” rahbariyati ehtimoliy transferni ijobiy baholamoqda.

Asensio "Real"ga 2015 yilda "Malyorka"dan 3,9 million evro evaziga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:14, 07.05.2022.
O'qildi: 2258 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик