Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Qatarni zabt etishga tayyor bo‘lgan fantastik hujumchilar beshligi

Qatarni zabt etishga tayyor bo‘lgan fantastik hujumchilar beshligi

Baho:
+ | -

Futbol dunyosining eng katta nomlari shu yilning oxirrog‘ida Qatarda birlashadilar. Albatta, har qaysi yulduz turnirning so‘ngiga qadar borib, bosh sovrinni boshi uzra baland ko‘tarishni orzu qiladi. Shuningdek, ular musobaqaning "Oltin butsa"sini ham ko‘zlashi – turgan gap. Biz esa quyida Qatar maydonlarini "yondirish"ni niyat qilayotgan o‘sha mega yulduzlar nomini keltirib o‘tmoqchimiz.

Lionel Messi

Yetti bor "Oltin To‘p" sovrini egasi bo‘lgan futbolchi bu yozda 35 yoshni qarshi oladi. Bu esa Qatardagi Jahon chempionati uning faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishi mumkinligini anglatadi. Ha, Messi bu mavsumda Fransiya chempionatiga moslashishga qiynalgan bo‘lsa ham, Argentina terma jamoasining umidi undan juda ham kattadir. Xususan, uning jamoasi saralash bahslarini mag‘lubiyatsiz yakunlagan, o‘tgan yozda esa qit’a chempioniga aylangandi. 28 yil kutilgan sovrinni olishda, doimgidek Messi jonbozlik ko‘rsatgan. Demak, qishda ham uning jamoasi harakatlari faqat bosh sovrin uchun bo‘lishi tayin.

Karim Benzema

Benzema super-fantastik darajadagi mavsumni boshidan o‘tkazmoqda. Uning birgina, 42 ta o‘yinda 42 ta gol urgani ham bunga yaqqol misol bo‘la oladi. 34 yoshli hujumchi YECHLning yetakchi to‘purari va jamoasi uchun zarur gollarni kiritib, "qirollik klubi"ni finalga olib chiqishda yirik fishka rolini bajardi. Benzema Rossiyadagi shonli davrni o‘tkazib yuborgach, Yevro-2020da ishtirok etdi. U terma jamoaga qaytganidan buyon 16 ta o‘yinda 9 ta golga mualliflik qilgan. Uning jamoasi esa shubhasiz o‘z unvonini munosib himoya qilishga – chempion bo‘lishga intiladi.

Krishtianu Ronaldu

Ronaldu qishdagi Jahon chempionatini so‘nggisi sifatida o‘tkazishi mumkin bo‘lgan yana bir nomlardan biridir. U – xalqaro futbolning tarixdagi eng yaxshi to‘purari. Xususan, hujumchi 2021 yilda Portugaliya termasi safida 13 ta golga mualliflik qildi (14 ta o‘yinda). 37 yoshli futbolchi Jahon chempionatlari tarixida gollar urish borasida ikkinchi eng yaxshi ko‘rsatkichga ega. U bu borada faqatgina Tomas Myullerdan ortda, xolos. Shunday qilib, Ronaldu ham futboldan ketmay turib, Jahon sahnida o‘zini ko‘rsatishga umid qiladi.

Kilian Mbappe

Bu futbolchi ilk marta 2018 yilgi Jahon chempionatida porlab chiqadi. Mbappe o‘shanda turnirning eng yaxshi yosh va finalda gol urgan futbolchisiga aylangan (1958 yilda Peledan keyingi). Shundan buyon 4 yil o‘tdi. Bu vaqt ichida yosh hujumchi 3 yil ketma-ket Fransiyada eng yaxshi to‘purar bo‘ldi. Bu mavsumda esa 4-marta bu nomni olishga juda yaqin turibdi. Endigina 23 yosh bo‘lishiga qaramay, uni Fransiya tarixidagi eng yaxshi 10 ta to‘purarlar ro‘yxatiga kirishdan faqatgina 2 ta gol ajratib turibdi. U shuningdek, bu mavsumda 31 ta liga o‘yinuda jami 39 ta golda bevosita ishtirok etishga ulgurgan. Tabiiyki, bunday natijalar bilan Mbappe ham o‘z jamoasini qayta chempion qilishga, o‘zi esa "Oltin butsa"ga ega chiqish uchun harakatda bo‘ladi.

Xarri Keyn

2022 yilgi Jahon chempionatining bosh sovrinini bilmadik, ammo turnir "Oltin butsa"sini qo‘lga kiritish uchun eng katta favorit aynan Keyndir. U 2018 yilda bu natijani qayd eta olgan. Ingliz hujumchisi mamlakat futbol tarixida bu natijaga erishgan Gari Linekerdan keyingi ikkinchi futbolchidir. Keyn Angliya safida so‘nggi 18 ta bahsda 17 ta gol urishga erishdi. Bu orqali esa Angliya tarixidagi eng sermahsul futbolchilar ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Hozirda faqat Jimmi Grivesgina Keyndan ko‘ra yaxshiroq natijaga ega, xolos.
Shu sabab, Keynni "Oltin butsa" o‘ta jiddiy nomzod sifatida ko‘rmoqdamiz.

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:24, 07.05.2022.
O'qildi: 3033 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.