Lionel Messi "Trua"ga qarshi o‘yindagi (2:2) harakatlari uchun past baho oldi.
"PSJ" hujumchisi Fransiya chempionatining 36-turidan o‘rin olgan o‘yinda darvozaga besh marta zarba berdi, ammo barcha urinishlar besamar ketdi.
Bu o‘yin uchun "L'Equipe" portali argentinalik futbolchiga 4 ball berdi. Presnel Kimpembe ham xuddi shunday baho oldi, Nuno Mendesning o‘yini 3 ball bilan baholandi.
Anxel Di Mariya va Markinyos 7 ball bilan jamoadagi eng yuqori reytingni egallashdi. Kilian Mbappe 5, Neymar 6 balga baholandi.