Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

UEFA Millatlar ligasining eng zo‘r darvozabonlarini bilib oling!

UEFA Millatlar ligasining eng zo‘r darvozabonlarini bilib oling!

Baho:
+ | -

10. Kasper Shmeyxel

Ha, so‘nggi yillarda uning darajasida biroz qulash kuzatilgan bo‘lishi mumkindir. Ammo Shmeyxel hali ham Daniya terma jamoasining eng so‘nggi "himoyachi"si vazifasini yaxshi eplamoqda. "Lester" posboni Yevro-2020da fantastik o‘yin namoyish etgan edi. Yangi mavsumning Millatlar ligasida esa yana porlashi mumkin.

9. Unai Simon

Ispaniya terma jamoasining postini qo‘riqlash uchun ko‘plab nomzodlar bor. Shunga yarasha, darvozabon o‘rnida katta raqobat mavjud. Ammo Simon Luis Enrikening rejalarida asosiy o‘rin tutib kelmoqda. Yevro-2020da Xorvatiyaga qarshi bahsda o‘ta qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygach, uning o‘brosi biroz tushgandi. Ammo hali ham 24 yoshli posbonga ishonch bildirilmoqda. Chunki uning kelajagi hali oldinda. Balki Simon o‘zini aynan Millatlar ligasida ko‘rsatar? Yana kim biladi deysiz...

8. Vóysex Tómash Shensniy

Shensniy "Yuventus"ning gegemoniyasi davrida katta darvozabonga aylandi. So‘nggi paytlarda esa unga ishonch pasaygandek bo‘ldi. Shunga qaramay, Shensniy Polsha termasida asosiy ahamiyatga ega. Uning Jahon chempionatiga saralash bahslarida Shvesiyaga qarshi ko‘rsatgan ishonchli o‘yini, Shensniyning darajasini yana bir bor ko‘rsatib qo‘ydi. Endi u yozda Millatlar ligasi doirasida ham yaxshi harakat qilishi lozim. Aks holda o‘rnini Lukash Fabyanskiga bo‘shatib berishga majbur bo‘ladi.

7. Jordan Pikford

Futbolda hammaga ham omad kulib boqavermaydi. Ammo boqqanlari uchun ma’suliyat kuchliroq bo‘ladi. Pikford esa Angliya terma jamoasiga jalb etilganidan buyon o‘zini yaxshi tarafdan ko‘rsatib keldi. Buni 2018 yilgi Jahon chempionati va Yevro-2020 ham isbot etdi. Ammo Pikford ortidan Ramsdeyl ta’qib qilishga tushdi. Hozircha "Everton" posboni o‘z o‘rnida mustahkam turibdi.

6. Yann Zommer

Bundesliga ixlosmandlari Zommerni kim ekanidan yaxshi xabardorlar. U "Myunxengladbax" safida o‘ta barqaror o‘yin ko‘rsatib keladi. Uning xalqaro maydondagi qahramonligi Yevro-2020da yuz bergandi. O‘shanda u Shvetsariya termasi bilan Fransiyaga qarshi zo‘r o‘yin ko‘rsatgan va penaltilar seriyasida Mbappening zarbasiga to‘g‘anoq bo‘lgandi. Zommer shubhasiz Millatlar ligasi musobaqasida ham markaziy rolda paydo bo‘ladi.

5. Ruy Patrisiu

Patrisiuning terma jamoa safida uzoq yillardan beri harakat qilib kelayotgani, uning qanchalik darajada yaxshi kiper ekanini ko‘rsatadi. U terma jamoa safida 100 dan ortiq bahsda maydonga tushib, bir nechta yirik sovrinlarni, jumladan, Yevro-2016 va Millatlar ligasining 2018-2019 yilgi mavsumi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

4. Ugo Lyoris

Bugungi kunda unchalik ham yaxshi darajada ko‘rinmayotgan Lyoris, 13 yildan beri Fransiya termasi sharafini himoya qilib keladi. "Ko‘klar" sardori hozirga qadar 130 dan ortiq bahsda o‘z yurti sharafini himoya qilgan. Bu vaqt davomida esa Jahon chempionati va Millatlar ligasining so‘nggi mavsumi g‘olibligini qo‘lga kiritgan. "Tottenxem" futbolchisiga 2022-2023 yilda ham omad tilab qolamiz.

3. Tibo Kurtua

Kurtua "Chelsi"dan "Real"ga ko‘chib o‘tganidan buyon o‘z faoliyatida ham bir pog‘ona yuqoriladi. U hozirda Ispaniya chempionlarining muhim figurasiga aylana oldi. Belgiya terma jamoasi uchun ham xuddi shunday. U eng ko‘p o‘yinda ishtirok etish borasida rekordga juda yaqindir. Kurtuaning jamoasi Millatlar ligasining yangi mavsumida eng favoritlar qatorida e’tirof etilmoqda.

2. Janluiji Donnarumma

Darvozabonning so‘nggi paytlardagi beqaror o‘yini, uni bizning ro‘yxatda yetakchi bo‘lishiga yo‘l qo‘ymadi. "PSJ" futbolchisi Yevro-2020da g‘olib bo‘ldi va turnirning eng yaxshi o‘yinchisiga aylandi. Donnarumma o‘shanda 7 ta bahda atigi 4 ta gol o‘tkazib yuborgan edi, xolos. Uning jamoasiga Millatlar ligasida Germaniya, Angliya va Vengriya raqib bo‘ladi.

1. Manuel Noyer

Noyer 12 yildan beri top darajasini saqlab kelayotgan kamdan-kam futbolchilardan biri. U bu ketishda to‘xtaydiganga o‘xshamaydi. Uning jismoniy holati va aqli, "Bavariya" uchun ko‘p xizmat qildi. Noyer mukammallikka eng yaqin posbondir. Shu sabab u bu yerda eng yaxshilar orasida birinchi o‘rinda turibdi. Oldinda esa yana bir yirik turnir – Millatlar ligasi uni kutmoqda.

 

 


Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 15:01, 09.05.2022.
O'qildi: 1554 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.