Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/01 22:30 Brentford 1-3 Arsenal

Londonda Chempionlar ligasi uchun jang: "Chelsi", "Arsenal" va "Tottenxem" ikkita yo‘llanma uchun kurashmoqda

Londonda Chempionlar ligasi uchun jang: "Chelsi", "Arsenal" va "Tottenxem" ikkita yo‘llanma uchun kurashmoqda

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" va "Liverpul" chempionlik uchun kurashayotgan bo‘lsa, Londonning uchta klubi Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun bahsga kirishgan. "Chelsi", "Arsenal" va "Tottenxem" YECHLning qolgan ikkita yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. Shu sabab bugun qaysi jamoaning imkoniyat yuqoriroq ekanligi haqida biroz suhbatlashishga qaror qildik.

Chempionlar ligasida Londonning ikkita klubi aniq o‘ynaydi, ammo bu jamoalar qaysi biri ekanligi noma’lum. "Chelsi", "Arsenal" va "Tottenxem" "Manchester Yunayted"ni kurashdan chiqarib yuborishdi, biroz oldinroq esa boshqa bir poytaxt klubi "Vest Xem" ham Yevropa Chempionlar ligasidan mosuvo bo‘ldi. Shu tariqa, chempionat yakuniga uch tur qolganda uchta London klubi so‘nggi ikki yo‘llanmani o‘ziniki qilishga harakat qiladi.

Shubhasiz, “Chelsi”da Chempionlar ligasiga chiqish uchun yaxshi imkoniyat bor. “Aristokratlar” qolgan ikki jamoaga qaraganda ko‘proq ochko to‘plagan va agar ular teng kelgan taqdirda ham, urilgan va o‘tkazib yuborilgan gollar orasidagi farq qolgan jamoalarga nisbatan yaxshiroq. Bo‘lajak o‘yinlar taqvimi ham "Chelsi" tomondaligini ko‘rish mumkin:

“Chelsi”ning qolgan turlardagi raqiblari:

36-tur “Lids” (safarda)
37-tur “Lester” (uyda)
38-tur “Uotford” (uyda)

“Arsenal”ning qolgan turlardagi raqiblari:

36-tur “Tottenxem” (safarda)
37-tur “Nyukasl” (safarda)
38-tur “Everton” (uyda)

“Tottenxem”ning qolgan turlardagi raqiblari:

36-tur “Arsenal” (uyda)
37-tur “Byornli” (uyda)
38-tur “Norvich” (safarda)

"Arsenal" va "Tottenxem" keyingi turda o‘zaro to‘qnash kelgani bois, qolgan turlarda bir vaqtning o‘zida to‘qqiz ochko qo‘lga kirita olmaydi. Demak, “Chelsi” boshqa natijalardan qat’i nazar, ikkita g‘alaba kuchli to‘rtlikdan joy olishini, 1 g‘alaba va 1 durang esa 99% YECHL yo‘llanmasini kafolatlaydi (agar “shporlar” 19 to‘p farqini yo‘qqa chiqarmasa). “Chelsi”ning bo‘lajak raqiblari – omon qolish uchun kurash olib borayotgan “Lids”, turnir jadvalining o‘rtasidan joy olgan “Lester” va allaqachon Chempionshipga ravona bo‘lgan “Uotford”. Agar "Chelsi" bu o‘yinlarda YECHL yo‘llanmasini hal qila olmasa, aniq joriy mavsum Angliya Premyer ligasidagi eng katta sensasiya bo‘ladi.

"Arsenal" va "Tottenxem"ga kelsak, keyingi tur ko‘p jihatdan hal qiluvchi bahs bo‘ladi. "Kanonirlar" g‘alaba qozonishsa, kuchli 4talikdan joy olishadi. Bunda “Chelsi”ning vazifasi ham osonlashadi, sababi klublar o‘rtasidagi asosiy yevrokubokga chiqish uchun “ko‘klar”ga bir ochko ham kifoya qiladi.

Agar London derbisi durang bilan yakunlansa, barchasi Arteta jamoasining o‘z qo‘lida bo‘ladi vaso‘nggi ikki turda uch ochko qo‘lga kiritishi kerak bo‘ladi. Mag‘lubiyatga uchragan taqdirda "Arsenal" "Nyukasl" va "Everton"ga qarshi muhim bahslarda g‘alaba qozonishi talab etiladi. Shu bilan birga, qo‘shimcha qilamizki, agar ochkolar teng bo‘lsa, "shporlar" ustunlikka ega bo‘lishadi, chunki ularda to‘plar farqi hamshahariga qaraganda yaxshiroq.

"Tottenxem"ning ahvoli juda yomon holatdi. Qolgan uch turda uchta g‘alaba ham "shporlar"ga Chempionlar ligasiga yo‘l olishini kafolatlamaydi. "Arsenal"dan keyin "Tottenxem"ni omon qolish uchun kurashayotgan "Byornli" va keyingi mavsumda Chempionshipda ishtirok etishi kafolatlangan "Norvich" kutmoqda. Umuman olganda, “shporlar”ning kuchli to‘rtlikka kirish imkoniyati past, Konte shogirdlari esa har qanday holatda ham beshinchi o‘rindan pastga tushib ketmaydi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 14:17, 10.05.2022.
O'qildi: 2795 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.