Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya 1-1 Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao 4-2 Levante
08/02 21:30 Liverpul 1-2 Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo 0-5 Inter
08/02 22:30 Atletiko 0-1 Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese
10/02 00:45 Roma - Kalyari
10/02 01:00 Vilyarreal - Espanyol

"Barselona" Buskets o‘rniga 3 ta nomzod topib qo‘ydi

"Barselona" Buskets o‘rniga 3 ta nomzod topib qo‘ydi

Baho:
+ | -

"Barselona" klubi yarim himoyachi Serxio Busketsga o‘rinbosar qidirmoqda, deb xabar beradi Diario Sport.

Manba bergan xabarga ko‘ra, "Barselona" murabbiylar shtabi kelasi mavsumda sovrinlar uchun kurashish uchun yozgi transfer oynasida faollikni oshirish kerak deb hisoblamoqda va ular klubning har bir pozisiyada ikkita raqobatchi o‘yinchi bo‘lishini istamoqda.

Qayd etilishicha, Kataloniya klubi murabbiylarining fikricha, kuchaytirilishi kerak bo‘lgan pozisiyalardan biri bu markaziy yarim himoyachi pozisiyasidir. Hozir bu pozisiyada 34 yoshli Buskets o‘ynaydi.

Qayd etilishicha, Xavi va kataloniyaliklar rahbariyati bir necha oy davomida ushbu pozisiyani mustahkamlashni muhokama qilgan va uchta nomzoddan iborat ro‘yxatni tayyorlagan. Uning tarkibida “Real Sosyedad” futbolchisi Martin Subimendi, “Monako” yetakchisi Orelyen Tchuameni va “Vulverxemton”ning portugaliyalik futbolchisi Ruben Nevesh bor.

Ma’lum bo‘lishicha, Subimendi murabbiylar shtabi tomonidan Busketsga o‘xshash futbolchi deb hisoblanmoqda. Klub uchun asosiy muammo 23 yoshli ispaniyalikning "Sosyedad" bilan shartnomasi 2025 yilgacha amal qilishi va shartnomada 60 million yevro tovon puli bor.

Tchuameni uchun raqobat juda yuqori. 22 yoshli fransuz yozda “Monako”ni tark etishga qaror qildi. Bunga "Real Madrid", "PSJ" va Angliya Premyer-ligasi klublari da’vo qilmoqda.

Neveshga kelsak, u ham yozda “Vulverxempton”ni tark etishga qaror qildi. Kataloniyaliklar 25 yoshli portugaliyalik futbolchiga ham qiziqish bildirmoqda, klub prezidenti Joan Laporta esa uning agenti Xorje Mendesh bilan ehtimoliy transferini muhokama qilgan. Shu bilan birga, Mendeshning "Vulverxempton" bilan yaxshi munosabati ehtimoliy transferni osonlashtirishi mumkin.

Kiritildi: 15:21, 10.05.2022.
O'qildi: 3140 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.