Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Bavariya" hujumchisi 3 o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

"Bavariya" hujumchisi 3 o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

Baho:
+ | -

“Bavariya” hujumchisi Kingsli Koman Bundesliganing 3 o‘yiniga diskvalifikasiya qilindi, deb xabar beradi Sport1.

Germaniya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan “Shtutgart”ga qarshi o‘yinda (2:2) fransiyalik futbolchi raqib jamoa himoyachisi Konstantinos Mavropanosning yuziga zarba berdi, buning uchun u maydondan chetlatildi.

Shu tariqa, futbolchi Bundesliganing joriy mavsumining so‘nggi turini hamda kelasi mavsumning ikkita boshlang‘ich o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

Joriy mavsumda 25 yoshli Koman myunxenliklar safida 32 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 19:53, 10.05.2022.
O'qildi: 1206 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.