Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Pro ligada aprel oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda

Pro ligada aprel oyining eng yaxshilari aniqlanmoqda

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Professional futbol ligasi odatga ko‘ra, har oy Pro liganing eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqlab kelmoqda. Ortda qolgan aprel oyida Pro ligada 2 ta tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvlar davomida ko‘plab futbolchi va murabbiylar o‘zlarini ko‘rsatishga erishdi.

Aprel oyining eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlar

Viktor Kumikov (“Andijon”) – 2 o‘yin, 1 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 3:2

Hakim Fuzaylov (“Buxoro) – 2 o‘yin, 2 g‘alaba, to‘plar farqi 4:2

Dilyaver Vaniyev (“Mash’al”) – 2 o‘yin, 1 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 5:0


Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar

Muhriddin Zoirov (“Sho‘rtan”) – 2 o‘yin, 2 gol

Humoyun Murtozayev (“Turon”) – 2 o‘yin, 2 gol

Mikola Agapov (“Mash’al”) – 1 o‘yin, 3 gol

Ravshanbek Yagudin (“Mash’al”) – 2 o‘yin, 2 quruq o‘yin

Ro‘zim Ahmedov (“Buxoro”) – 2 o‘yin, 2 gol


Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayonida Pro liga klublari bosh murabbiylari va sardorlari hamda muxlislar ishtirok etishadi. Pro liganing 10 klubi bosh murabbiylari hamda sardorlari ko‘rsatilgan nomzodlarni uchtalikka joylashtirib chiqadi.

Shuningdek, bu yildan e’tiboran O‘zPFL ovoz berish jarayonida championat.asia, sports.uz, tribuna.uz, stadion.uz nashrlari hamda Pro liga rasmiy brodkasteri hisoblangan UzReport TV dan ham ovozlar oladi.

Dastlabki o‘rinda ko‘rsatilgan nomzod 3, mos ravishda keyingi ikki o‘rindagilar 2 va 1 ochkolik bo‘ladi. O‘zPFL tomonidan futbol muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasi esa bosh murabbiylar, jamoa sardorlari hamda sport nashrlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga qo‘shiladi. Bunda muxlislar ovozi katta ahamiyatga ega bo‘lib, birinchi o‘rinni egallagan nomzod 6, mos ravishda keyingilar 4 va 2 ochkodan qo‘lga kiritadi. Yakunda eng ko‘p ball to‘plaganlar oyning eng yaxshilari sifatida e’tirof etiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 22:53, 10.05.2022.
O'qildi: 1541 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.