Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Xolandning eng yuqori cho‘qqisi «Manchester Siti» bo‘ladimi?

Xolandning eng yuqori cho‘qqisi «Manchester Siti» bo‘ladimi?

Baho:
+ | -

"Real"dan qabul qilib olingan qaqshatqich zarba oxir-oqibat "Manchester Siti"ni katta va keskin farqli transferga undadi. Balki avvaldan Xoland varianti kun tartibida bo‘lgandir, ammo "Etihad"da Foden zarbdor nuqtadan gol urolmagach, pozisiyali hujum vaqti zarba beruvchi De Bryune mayli, Lyaport bo‘lib qolgach, endi harakatlarni tezlatish to‘g‘ri bo‘lardi. Menimcha, Pep yo‘llanmani Manchesterda yutqazdi, Madridda emas.

Ikki o‘yinda "Real"dan kimlar gol urdi? Benzema, Vinisius va Rodrigo. Barchasi hujumchi. Asli eng to‘g‘risi va osoni shu emasmi?

Gvardiola Xoland bilan prinsiplaridan juda kechdi deb o‘ylamayman-u, lekin ularni tahrir qilishga majbur bo‘lyapti.

Aslida mutaxassis "Atletiko Madrid"ga qarshi javob o‘yinining ikkinchi taymida butkul ajablantirgandi. Men Gvardiola nihoyat qarashlaridan voz kechibdi, deb o‘ylagandim. "Real"ga qarshi ikkinchi o‘yinda ham goldan keyin yopilib olsa, vaqtdan yutishga urinsa kerak, deb kutdim. Yo‘q, unday bo‘lmadi. Aksincha, Grilishning vaziyatlarini eslang (Grilishning o‘zi alohida mavzu).

Xoland bilan "Siti" kuchayishi aniq. Norvegiyalik uchun esa bu oxirgi nuqta ham bo‘lmaydi. Shunisi chog‘lab turadi uni. Ya’ni, Erling yaqin besh-olti yilda "Real" yoki "Barselona"da o‘ynash uchun ham intiladi. Baribir har qanaqasiga har qaysi superyulduz uchun oxirgi nuqta shu ikki jamoa bo‘lib qolsa kerak.

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 23:49, 10.05.2022.
O'qildi: 3506 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик