Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Ro‘ziqul Berdiyev: «Nufuzli turnirdagi muvaffaqiyat huzur bag‘ishlaydi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Nufuzli turnirdagi muvaffaqiyat huzur bag‘ishlaydi»

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan OCHL guruh bosqichi bahslari yakunlariga ko‘ra, Qarshining «Nasaf» jamoasi o‘z tarixida ilk bor «pley-off» yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

«Ajdarlar» 6 uchrashuvda 9 ochko to‘plashdi. Shu munosabat bilan maxsus muxbirimiz «Nasaf» bosh murabbiyi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi, professor Ro‘ziqul Berdiyev bilan suhbatlashdi.

- Ro‘ziqul Sa’dullayevich, avvalambor Saudiya Arabistoni maydonlarida bo‘lib o‘tgan bahslaridagi muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz. 

- Tashakkur. Juda xursand­miz. Shogirdlarimning kayfiyati a’lo, ana shunday nufuzli bahslarda omadli yurishning o‘zi ko‘ngilga huzur baxsh etadi. Guruhimizdagi jamoalar bilan uchrashuvlarda chiroyli o‘yin namoyish etdik. 

- Albatta, bu muvaffaqiyat o‘z-o‘zidan qo‘lga kiritilmadi. Siz safar oldidan «InterFutbol» gazetasiga bergan intervyungizda «Biz maksimum natija uchun kurashamiz», degandingiz. Aytganlaringiz natijalarda va «Nasaf» namoyish etgan o‘yinda o‘z aksini topdi...

- Birinchi navbatda, maydonda raqiblarni hurmat qilgan holda to‘p surdik. Guruhdagi jamoalarning o‘yinini yaxshi o‘rgangandik. Qolaversa, bizda kuchimizga bo‘lgan qat’iy ishonch bor edi. Bundan tash­qari, xalqaro maydonda to‘plagan tajribamiz ham asqotdi.

- «Nasaf»ga «Al-Sadd» bilan kechgan dastlabki uchrashuv katta ishonch bag‘ishladi. Jamoamiz aynan shu bahsda har qanday raqib bilan bemalol o‘ynash mumkinligini amalda isbotladi.

- Haqiqatan ham shunday bo‘ldi. Ba’zi o‘yinlar teng kurashlar ostida o‘tdi. Ayrim uchrashuvlarda ustunlik ham qildik. Hamjihatlik qo‘l keldi. Jamoaviy o‘yin o‘z samarasini berdi. G‘alabaga ishtiyoqi baland yigitlarimiz raqib oldida dovdirab qolishmadi. Ikki g‘alaba, uch durang ke-yingi bosqich yo‘llanmasini taqdim etdi. Garchi, «Al-Faysali»ga kichik hisobda imkoniyatni boy bergan bo‘lsakda, shogirdlarimning xatti-harakatlaridan qoniqdim. Mag‘lubiyatli uchrashuvda bizga biroz omad yetishmadi.

- Jarohat tufayli G‘olib G‘aybullayev va Sherzod Nas­rullayev tarkibda bo‘lishmadi. Ularning o‘rnida harakat qilgan shogirdlaringiz o‘yinidan ko‘nglingiz to‘ldimi?

- Alibek Davronov yaxshi o‘yin namoyish etdi. U markaziy himoya, chap qanotda ham o‘zini ko‘rsatishga astoydil intildi. Lekin baribir, G‘o­lib va Sherzodning o‘rni bilindi. Shunday bo‘lsada, maydonga tushgan futbolchilarning har biri o‘z pozisiyasida bexato o‘ynashga harakat qildi. G‘aybullayev va Nasrullayev hali jamoamizga foyda keltirishga ulgurishadi. Ularning ichki chempionat va kubok bahslarida o‘z so‘zlarini aytishlariga shubham yo‘q. Qolaversa, kelgusi yil boshida OCHL «pley-off» bahslarida ushbu futbolchilarning ishtirokidan umidvorman.

- «Nasaf» tarkibidagi iqtidorli o‘yinchilarga xorijlik skautlardan qiziqish qay darajada bo‘ldi?

- Buni bilmadim. Lekin o‘yinlarimizni chet ellik agentlar, menejerlar kuzatishdi. Yakuniy xulosani ke-yinroq bilib olamiz. Yigitlarimiz nomdor klublarda to‘p surishsa, shu tariqa mamlakatimiz futboli ravnaqiga munosib hissa qo‘shishsa, bundan faqat xursand bo‘lamiz.

- «Al-Faysali» bosh murabbiyi «Nasaf»ning Yevropa uslubiga xos futbol namoyish etishini alohida ta’kidladi. Bu haqda nima deysiz?

- Futbol yil sayin taraqqiy etib bormoqda. O‘yin uslublari, taktikalardagi o‘zgarishlarni ko‘rib, sezib turibmiz. Birgina Iordaniya futboli ham so‘nggi yillarda ancha o‘sishga erishdi. Bu narsa «Al-Vihdat» bilan o‘yinda yaqqol namoyon bo‘ldi. «Nasaf» futbolchilaridagi tezkorlik, bir-birlarini o‘z vaqtida to‘p bilan ta’minlashlari yakunda ijobiy natijani keltirdi. O‘ziga xos uslubimiz xorijlik hamkasbimizga ma’qul kelgan bo‘lsa, bu yoqimli, albatta. Demak, o‘zimiz tanlagan yo‘lda davom etib, ishlash va izlanishni to‘xtatmaymiz.

- 6-turdagi «Al-Vihdat»ga qarshi bahsda «Nasaf» darvozasiga kiritilgan ikkinchi to‘pga munosabatingiz? 

- O‘zlaring ham ko‘rdinglar, o‘sha vaziyatda hakam o‘yinni to‘xtatishi kerak edi. Chunki jarima maydoni ichida Husniddin Aliqulov jarohat olib, yordamga muhtoj bo‘lib turgandi. Xitoylik referi bunga befarqlik qildi. Natijada, raqib darvozamizni ishg‘ol qildi. Nachora, qaror chiqarib bo‘lindi. Buni bosh hakamning tajribasizligi, aniqroq aytganda, uquvsizligi sifatida qabul qildim.

- OCHL 1/8 final bosqich o‘yinlari 2023 yilning fevral oyida o‘tkazilishi aniq bo‘ldi. Mazkur turnirda yanada uzoqroqqa borish uchun nima qilish kerak, deb o‘ylaysiz?

- Albatta, oldinda hali ancha vaqt bor. Shunday bo‘lsada, biz xotirjamlikka berilmaymiz. Rahbariyat bilan maslahatlashib, ba’zi chiziqlarni kuchaytirish bo‘yicha amaliy ishga kirishamiz. OCHLning navbatdagi bosqichidagi jamoalar ham chakki emas, raqibimiz aniq. Dastlab, «Al-SHabab» bilan maydonga tushamiz. 

- OCHLda to‘plangan tajriba milliy chempionat o‘yinlarida «Nasaf»ning ishtahasi yanada ochilishiga sabab bo‘lishi mumkinmi?

- Biz qariyb bir oyga yaqin Saudiya Arabistonida bo‘ldik. Adaptasiya, ya’ni iqlimga moslashish ma’lum vaqtni talab etadi. 2 may kuni «Qo‘qon-1912» bilan safarda o‘ynadik, endi 7 may sanasida amaldagi chempion - «Paxtakor» Qarshida mehmonimiz bo‘ladi. Chempionatimizda kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q. Ayniqsa, bu yilgi o‘yinlar har qachongidan ko‘ra murosasiz o‘tyapti. Biz ham har bir uchrashuvda ijobiy natija uchun kurashamiz. «Jo‘jani kech kuzda sanaymiz» ana’anasiga sodiq qolamiz.

- Maroqli suhbat uchun rahmat. «Nasaf»ga keyingi uchrashuvlarda zafarlar tilab qolamiz. OCHL bahslarida jamoa bundan-da zalvorli yutuqlarga erishadi, degan umiddamiz.

- Fursatdan foydalanib, bizni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiraman. O‘z vaqtida faoliya­timizni muntazam yoritib borayotgan «InterFutbol» gazetasi jamoasiga ham chin qalb­dan dil tashakkurimni izhor etaman.

Husan TEMIROV suhbatlashdi

Manba: iff.uz
Kiritildi: 07:48, 11.05.2022.
O'qildi: 2657 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.