Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

“Bunyodkor” murabbiylar shtabida o‘zgarishlar ro‘y berdi

“Bunyodkor” murabbiylar shtabida o‘zgarishlar ro‘y berdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Superliganing 6-turi doirasida “Olimpik”ka yutqazgan “Bunyodkor” klub tarixida o‘z maydonidagi eng yirik hisobdagi mag‘lubiyatga uchragan edi (1:5). Mazkur muvaffaqiyatsizlikdan keyin klub rahbariyati murabbiylar shtabi oldiga “Navbahor”ga qarshi navbatdagi bahsda g‘alaba qozonish vazifasini qo‘ygandi. Garchi Namanganda mag‘lubiyatga uchralgan bo‘lsa-da, mezbonlar bilan bellashuvda “qaldirg‘ochlar” mazmunli o‘yin va munosib qarshilik ko‘rsata olganlaridan kelib chiqib, murabbiylar shtabiga yana imkoniyat berilgandi. Kecha Superliganing 8-turida “Metallurg” jamoasi bilan kuch sinashgan “Bunyodkor” yana muhim ochkolarni boy berdi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng klub rahbariyati tomonidan murabbiylar shtabida o‘zgarishlar amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Shu munosabat bilan bugun klub qarorgohida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

- Jamoamizning so‘nggi o‘yinlaridagi natijalaridan juda hafaman. Oxirgi uch uchrashuvda bor-yo‘g‘i bir ochko qo‘lga kiritilgani yomon ko‘rsatkich. Agar vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirmasak turnir jadvalidagi o‘rnimiz yanada og‘irlashadi va bu ketishda o‘ninchi pog‘onalarga tushib ketishimiz mumkin. “Bunyodkor”ning obro‘siga bu aslo yarashmaydi. Men murabbiy va futbolchilardan shuni so‘rardim va istardimki, har biringiz har safar o‘yinga chiqqaningizda fidoyilik ko‘rsatib, ijobiy natija uchun joningizni berib kurashing. Faqat shundagina zafar quchish mumkin. Jamoaning hozirgi holati esa qoniqarli darajada emas, - dedi yig‘ilish davomida klub prezidenti Mehriddin Razzoqovich Abdullayev.

Shundan so‘ng “Bunyodkor” murabbiylar shtabida bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jumladan, bosh murabbiy Shuhrat Maqsudov, murabbiy Aram Ananyan va darvozabonlar murabbiyi Abdusattor Rahimov o‘z lavozimlarini tark etishlari e’lon qilindi. Shu kunga qadar bosh murabbiy assistenti bo‘lib ishlab kelgan Viktor Karpenko bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Anvar G‘ofurov bosh murabbiy assistenti lavozimiga o‘tkaziladigan bo‘ldi. Ruminiyalik Avgustin Chirita jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy sifatida ishini davom ettiradi. Murabbiylar shtabidagi bo‘sh o‘rinlarga nomzodlarni ko‘rib chiqish Viktor Karpenko zimmasiga yuklatildi. Viktor Aleksandrovich tez kunlarda klub rahbariyatiga bu boradagi o‘z takliflarini kiritishi lozimligi ta’kidlandi.

Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати
Kiritildi: 14:40, 11.05.2022.
O'qildi: 2742 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик