Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

75 million yevroga sotib olingan yulduzlarni eslaymiz

75 million yevroga sotib olingan yulduzlarni eslaymiz

Baho:
+ | -

Kecha, 10 may kuni 2022 yilning eng shov-shuvli transferlaridan biri amalga oshdi. Erling Xoland rasman "Manchester Siti" futbolchisi. "Shaharliklar"ning norvegiyalik hujumchi transferi uchun to‘lagan miqdori 75 million yevroni tashkil etadi. Hozirgi davrda biz 100 million yevrolik transferlarga o‘rganib qolgan vaqtimiz, bu summa kamdek ko‘rinishi mumkin. Yana kimlar mana shunday narxga sotib olinganini eslab ko‘ramiz.

Romelu Lukaku — "MYU"dan "Inter"ga

2019/20 yilgi mavsumda Milan klubi belgiyalik hujumchini katta mablag‘ sarflagan holda "Manchester Yunayted"dan sotib oldi. Bu darhol o‘z samarasini berdi: Romelu o‘sha mavsum jamoa yetakchisiga aylandi va "Inter"ga Skudettoni qo‘lga kiritishga katta yordam berdi. 2021 yil yozida Lukaku ancha katta narx 115 million evaziga "Chelsi" futbolchisiga aylangandi.

Anxel Di Mariya - "Real"dan "MYU"ga

"Qirollik klubi" safidagi yorqin o‘yinlaridan so‘ng 2014 yilda 75 million yevroga sotib olingan Anxel afsuski "Manchester Yunayted" tarixidagi eng yomon transferlardan biriga aylandi. Bir mankunianliklar qarashda super yulduz bilan shartnoma imzolagandek tuyulgandi, ammo oxir-oqibat Di Mariyaning o‘yin uslubi umuman jamoaga mos kelmadi. Angliyadagi 1 yillik faoliyatidan so‘ng argentinalik vinger 2015 yilning yozida 63 million evaziga "PSJ"ga ko‘chib o‘tgan.

Xames Rodriges - "Monako"dan "Real"ga

2014 yilgi jahon chempionatida o‘zining super harakatlari va to‘purarlik mahoratini namoyish etgan Xames Rodriges uchun "Real" "Monako" hisobiga naq 75 million yevro o‘tkazib bergan. Madridliklar safida umumiy hisobda 125 ta o‘yinda maydonga tushgan kolumbiyalik iqtidor egasi o‘z hisobiga 37 ta gol va 42 ta assist yozdirib qo‘ygan. Ushbu transferni to‘liq omadli deb bo‘lmasa ham, uni yomon transferlar ro‘yxatiga qo‘sha olmaymiz. Hozirda Rodriges o‘z faoliyatini Qatar yulduzlar ligasida "Ar-Rayyan" safida davom ettirmoqda.


Kevin De Bryuyne — "Volfsburg"dan "Manchester Siti"ga

Ehtimol, "Manchester Siti" tarixidagi eng yaxshi xaridlardan biri 2015 yilning yozida amalga oshgan. "Shaharliklar" o‘shanda "Volfsburg" safida porlayotgan Kevin uchun 76 million yevroni nemis klubi hisob raqamiga o‘tkazib berishgan. Ko‘rinib turibdiki, bu kelishuv hozirgi kunda o‘zining har bir yevrosigacha oqlab bo‘ldi. De Bryuyne ayni vaqtda "Man Siti"ning tom ma’noda yetakchisiga aylanib ulgurgan.

Artur - "Barselona"dan "Yuventus"ga

2020 yilning yozida "Barselona" va "Yuventus" o‘rtasida "Artur -> Pyanich" almashinuvi amalga oshganidan xabaringiz bor. O‘shanda Turin klubi braziliyalik yarim himoyachi uchun 76 million yevro sarflagan. Ammo hozirgi kunda Artur ko‘rsatayotgan o‘yin unga sarflagan mablag‘ning yarimini ham oqlamaydi.

Kiritildi: 20:11, 11.05.2022.
O'qildi: 5743 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик