Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Nasib bo‘lmasa, qiyin-da, baribir (video)

Nasib bo‘lmasa, qiyin-da, baribir (video)

Baho:
+ | -

Venesuelalik darvozabon Kristofer Varela Janubiy Amerika klub futbolining bosh turniri - Libertadores kubogi tarixiga alohida muhr bosishga juda yaqin keldi, ammo...

Uni bunday baxtdan o‘z jamoasi hujumchisining bitta ortiqcha harakati mosuvo qildi. Quyidagi materialda shu voqea tafsilotlariga alohida to‘xtalishdi.

Venesuelaning 9 karra chempioni - «Deportivo Tachira» Boliviyada «Independyente Petrolero» mehmoni bo‘ldi. Birinchi bo‘lim vaqti tugayotgan pallada jamoa golkiperi Kristofer Varela o‘z hududidan to‘pni maydonning ikkinchi yarmi tomon yo‘naltirdi. Zarba juda kuchli va aniq (!!!) chiqdi. Ya’ni to‘p barcha futbolchilar ustidan ancha balandda uchib, yakunda yerga tushdi va bo‘sh qoldirilgan darvoza tomon yumalay boshladi. «Independyente Petrolero» kiperi shunchaki, oldinga chiqib ketgandi. Biroq 22 yoshli Varelaning «pishib yetilgan» antiqa golini o‘z jamoadoshi, 31 yoshli hujumchi Entoni Uribe «o‘g‘irlab» oldi. U shunchaki, yugurishdan to‘xtamadi va darvoza chizig‘i ustida to‘pga teginib qo‘ydi. Yirtqich instinkti! Xullas, hakam golni Uribe hisobiga yozdi. O‘yindan keyin esa hujumchi muxlislardan bearmon dakki eshitdi. Fanatlar ijtimoiy tarmoqlarda haligacha Uribeni «tuzlashmoqda». 

Varelaga kelsak, ushbu holat unga o‘ta kuchli ta’sir qildi, shekilli. Har holda, toza goldan mahrum bo‘lgan darvozabon keyingi daqiqadayoq javob to‘pini o‘tkazib yubordi. Xullas, jamoalar tanaffusga teng hisob bilan chiqib ketdi, lekin «Deportivo» ikkinchi 45 daqiqalikda g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi, baribir. Venesuela jamoasi Libertadores kubogi guruh bosqichi 3-turidan so‘ng 2-o‘rinda (4 ochko) bormoqda, «Independyente» autsayder (1 ochko). Kvartetda esa Libertadores kubogining oxirgi ikki mavsumi g‘olibi «Palmeyras» (Braziliya) oldinda.

FAKT 

«Deportivo Tachiro» klubi tarixida gol quvonchini tuygan yagona darvozabon - bu urugvaylik Daniel Frankovig. Kristofer Varela ikkinchi bo‘lishi mumkin edi, biroq...

Manba: iff.uz
Kiritildi: 19:29, 13.05.2022.
O'qildi: 2213 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.