Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Botir Qodirqulov: «Oxirida kuchimiz yetmay qoldi»

Botir Qodirqulov: «Oxirida kuchimiz yetmay qoldi»

Baho:
+ | -

“Sho‘rtan” – “Andijon” (0:1) uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar murabbiyi Botir Qodirqulov qatnashdi.

— O‘yin haqida fikrlaringiz qanday?
— Uchrashuv og‘ir bo‘lishini bilardik, shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rdik. “Andijon”ning o‘yinini o‘rganib chiqdik. Bo‘ydor futbolchilari bor va ikkinchi qavatda yaxshi o‘ynashini bilardik. Oxirida kuchimiz yetmay qoldi, balki muvozanatni yo‘qotgandirmiz.

— O‘yinda qilingan o‘zgarishlar o‘z ta’sirini o‘tkazdimi?
— Bugun yutqazadigan o‘yin o‘ynamadik. Uchrashuv oxirlarida maydonga tushgan futbolchilar unchalik yordam berishmadi. Zaxiradan maydonga tushgan 2-3 nafar futbolchining o‘yinidan ko‘nglimiz to‘lmadi. Yana o‘z ustimizda ishlaymiz.

— Toshkentda “Pro” lisenziyasi uchun o‘qiyotgan “Sho‘rtan” jamoasi bosh murabbiyi Asror Aliqulovning yo‘qligi qanchalik bilindi, deb o‘ylaysiz?
— Asror Choriyevich bilan har kuni telefonda gaplashib turdik. Qanday o‘ynashimiz, qanaqa taktikada harakat qilishimizni muhokama qildik. Kerak bo‘lsa, har yarim soatda muloqot qildik, bugun ham gaplashdik. Bosh murabbiyning ko‘rsatmalarini futbolchilarga tushuntirdik. Yigitlar qo‘llaridan kelganicha harakat qilishdi, ammo 100 foiz emas. Afsuski, oxirgi soniyalarda gol o‘tkazdik. “Andijon” ham bizning o‘yinni o‘rganib chiqqan. Uchrashuvdan keyin bosh murabbiyi bilan gaplashdik. “Sho‘rtan”dan cho‘chiganini aytdi. Shuning uchun ular qarshi hujumda o‘ynadi. Bugun biz o‘ylagandek o‘yin bo‘ldi. Biroq uchrashuv tugashiga 20 soniya qolganida gol o‘tkazib yubordik.

— Gol o‘tkazilgan vaziyatda darvozabon, menimcha, to‘pga chiqishda xatoga yo‘l qo‘ydi. O‘yindagi yagona golda darvozabonni ayblash mumkinmi?
— Hammamiz aybdor. To‘g‘ri, to‘p havoda uzatilganida darvozabonni qo‘lida bo‘lishi kerak. Vaziyatni yana ko‘rib chiqamiz.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 22:40, 13.05.2022.
O'qildi: 1471 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик