Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Belarus ligasi. Bobur Abduxoliqov penaltidan gol urgan o‘yinda «Energetik-BGU» ishonchli g‘alabaga erishdi (video)

Belarus ligasi. Bobur Abduxoliqov penaltidan gol urgan o‘yinda «Energetik-BGU» ishonchli g‘alabaga erishdi (video)

Baho:
+ | -

Belarus Oliy Ligasining 8-turida «Energetik-BGU» 14 may, shanba kuni «Minsk» bilan bahs olib bordi.

Uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiborlisi, «Energetik-BGU»ning ikkinchi golini Bobur Abduxoliqov penaltidan unumli foydalangan holda urdi. Abduxoliqov uchrashuv yakunida zaxiraga olindi.

Qayd etish kerak, «Energetik-BGU» safida Abduxoliqovdan tashqari Abduqodir Husanov va Shohruxbek Abdurahmonov ham harakat qiladi. Har ikkala o‘zbekistonlik futbolchi mazkur uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Energetik-BGU»ning ochkolari soni 16 taga yetdi, jamoa musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Abduxoliqov esa 9ta gol bilan to‘purarlar ro‘yxatida yakka peshqadam bo‘lib turibdi.

Belarus Oliy ligasi, 8-tur bahsi
14 may, shanba
«Energetik-BGU» – «Minsk» 2:0
Gollar: 1:0 — 56 Aleksandr Svirepa, 2:0 — 75 Bobur Abduxoliqov (penalti).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 00:07, 15.05.2022.
O'qildi: 2213 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик