Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

Isroil Madrimov harakat qiladigan vazn toifasida ilk bor mutlaq chempion aniqlandi

Isroil Madrimov harakat qiladigan vazn toifasida ilk bor mutlaq chempion aniqlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Los-Anjelesda o‘tgan boks oqshomida Jermall Charlo (35-1-1, 19 KO) va Brayan Kastanyo (17-1-2, 12 KO) super yarim o‘rta vazn toifasi mutlaq chempionligi uchun bahs olib bordi.

Jangning 10-raundida Charlo raqibini nokautga uchratdi. Shu tariqa Jermall Charlo mazkur divizion tarixidagi ilk mutlaq chempionga aylandi.

Mazkur bokschilar 2021 yilning iyul oyida ham o‘zaro jang o‘tkazgan va unda durang natija qayd etilgandi.

Ushbu vazn toifasida harakat qiladigan Isroil Madrimov Mishel Soroga qarshi kechadigan revansh jangida g‘alaba qozona olsa, Charloning WBA kamariga majburiy da’vogarga aylanadi.

Madrimov va Soro o‘rtasidagi dastlabki jang 2021 yil 17 dekabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgandi. To‘qnashuvning 9-raundida gong ovozini eshitmagan Madrimov raqibga bir necha zarbalar yo‘llashi natijasida texnik nokaut qayd etilgan edi. Bundan norozi bo‘lgan Soro jamoasi WBA tashkilotiga revansh berilishini so‘rab murojaat qilgandi. WBA Soro jamoasining so‘rovini qabul qilgan va Madrimovga revansh jangida ishtirok etish majburiyatini qo‘ygan. Ushbu jang 9 iyul kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.

Ushbu vazn toifasida WBO kamariga rossiyalik Timofey Szyu majburiy da’vogar hisoblanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:39, 15.05.2022.
O'qildi: 1546 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.