Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Dibala "Yuventus" bilan xayrlashdi: "To‘g‘ri so‘z topish qiyin"

Dibala "Yuventus" bilan xayrlashdi: "To‘g‘ri so‘z topish qiyin"

Baho:
+ | -

"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala ijtimoiy tarmoqlar orqali klub bilan xayrlashdi. 28 yoshli argentinalik futbolchi jamoa va jamoadoshlariga minnatdorchilik bildirdi.

"Xayrlashish uchun to‘g‘ri so‘z topish qiyin. Ko‘p yillar va his-tuyg‘ular. Yana bir necha yil birga o‘tkazamiz deb o‘yladim, ammo taqdir bizni boshqa yo‘llarga boshladi. Menga bergan narsalaringizni hech qachon unutmayman - har bir uchrashuv, har bir gol. Men siz bilan birga katta bo‘ldim va tajriba ortirdim. Men orzumni amalga oshirdim.

Yetti ajoyib yil o‘tdi - 12 ta sovrin, 115 ta gol, ularni hech kim olib qo‘ymaydi. Hech qachon. Qiyin paytlarda meni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat.

Shu yillar davomida men bilan birga bo‘lganlarga rahmat: birinchisidan to oxirgisigacha, muxlislardan tortib klub a’zolarigacha. Barchaga, menejerlar va jamoadoshlarga, xodimlar va boshliqlarga rahmat.

Ushbu futbolkani kiyish va sardorlik bog‘ichini taqish hayotimdagi eng faxrli lahzalardan biri bo‘ldi. Umid qilamanki, bir kun kelib ularni farzandlarim, nevaralarimga ko‘rsataman.

Ertaga bu libosdagi so‘nggi o‘yinim bo‘ladi. Tasavvur qilish qiyin, lekin siz bilan xayrlashish kerak. Bu oson bo‘lmaydi, lekin men qo‘limdan kelganini qilganimni bilib, tabassum va boshimni baland ko‘targan holda maydonga chiqaman”.

28 yoshli argentinalik futbolchining turinliklar bilan shartnomasi 2022 yilning iyunida yakuniga yetadi.

Kiritildi: 22:25, 15.05.2022.
O'qildi: 4692 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик